“FIFA13” bo‘yicha “WCG 2013” Jahon chempionatining saralash bosqichi 27 sentabr kuni “ICTExpo” sahnasida o‘tkaziladi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 27 sentabr kuni “ICTExpo 2013” XII Xalqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida “FIFA13” yo‘nalishida e-sport bo‘yicha O‘zbekitson Chempionatining milliy finali o‘tkazilishini e’lon qiladi. Turnir g‘olibi ikki oydan so‘ng Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “World Cyber Games 2013” jahon birinchiligining Grand Finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

“ICTExpo”ning yopilishi kuni bu yili barcha tadbirlardan tashqari Jahon chempionatining milliy finali bilan muhrlanadi va bu yana bir bor tadbirning yuqori mavqeini hamda uning yangi avlodga yo‘naltirilganligini tasdiqlaydi, – deydi “UCG” Tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Yaqinda geymerlarimiz istalgan darajadagi xalqaro musobaqalrada g‘olib qozonishga qobiliyatli ekanligini isbotladilar, shunday ekan, hozirda finalchilarda misli ko‘rilmagan yuqori motivatsiya mavjud. Ishonchim komil, bu o‘z navbatida ularning o‘yinlarining tomoshabopligida aks etadi”.

Eslatib o‘tamiz, iyulda Pavel Saprikin “FIFA13” bo‘yicha Koreyadagi Osiyo O‘yinlari finalida g‘olib chiqib, qit’a chempioniga aylangan. Aynan u “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” O‘zbekiston Chempionatining bosh hakami bo‘lgan holda, musobaqalarning bo‘lajak g‘olibining “WCG”dagi juftiga aylanadi.

“AIMAG 2013 Uzbekistan” yakunlari bo‘yicha Osiyoning ikkinchi kibersportiv hukmroni hisoblanadi, shunday ekan, “Zo‘r-Zo‘r UCG” yakuni Jahon chempionatining o‘yini natijasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – “Bilayn” abonentlari nomidan bolalarga chiroyli o‘yinni hamda muvaffaqiyatlarni tilab qolishni istayman. Eng kuchli g‘olib bo‘lsin!”

Avgust-sentabrda mamlakatning barcha hududlaridan bo‘lgan e-sportchilar ishtirok etgan 6 ta saralash bosqichlarining yakunlari bo‘yicha ertaga “ICTExpo” sahnasida milliy birinchlikning “oltin” medali uchun kurashadagan 8 ta finalchi aniqlangan. Ular Mirzo-Ulug‘bek Xatamov (Buxoro), Doniyor Masharipov (Urganch), Azim Rahmonov (Samarqand), Ilxom Baymurodov (Qarshi), Abror Rustamov (Farg‘ona), Abdusoli Qayumov, Kirill Tulyaganov va Sardor Boboqulov (Toshkent).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system