«Bilayn» rouming geografiyasining navbatdagi kengayishi

Eng yirik aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Cable & Wireless (Seyshel orollari) kompaniyasi bilan ovozli rouming xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolandi. Endilikda CAMEL-rouming xizmati Djezzy (Jazoyir) hamkorlik tarmog‘ida amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Bilayn” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system