“Bilayn” “ICTExpo 2013”da: videoshar, sportkar va Zo‘r-Zo‘r Star
25.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 25 dan 27 sentabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazma majmuasining 1-Pavilonida bo‘lib o‘tayotgan “ICTExpo 2013”da o‘z stendini namoyish qildi.
Xalqaro Axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi 12-marotaba o‘tkazilmoqda, biroq “Bilayn” stendi yil sayin nostandart yechimlari hamda servis va texnologiyalarning taqdimotiga innovatsion yondashuvi bilan “ICTExpo”ning ko‘p sonli mehmonlarini hayron qoldirib kelmoqda. Bugun tashrifchilarni yuzdan ortiq ekranlardan tashkil topgan, ekspozitsiyaning yuragiga aylangan ulkan videoshar hayratda qoldirdi.
“Kompaniyaning tarmoqni modernizatsiyalash va abonentlik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi so‘nggi muvaffaqiyatlarining namoyishi quruq raqamlarga va grafiklarga taqalishi shart emas, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchlik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – “Bilayn” stendi mamlakatimizda AKT bugun nafaqat qiziqarli, balki o‘quvchi yoshlardan tortib, yirik biznesmenlargacha — barchaga istisnosiz amal qilishini ham ochiq-oydin ko‘rsatadi. Makonning “Zo‘r-Zo‘r”, “STATUS”, “B2B” tematik sektorlar hamda “demo-zonaga” bo‘linishi kompaniya brendlari va texnologiyalarining turfa xilligini ta’kidlaydi”.
Stendan tashqari “ICTExpo” mehmonlarining e’tiboriga pavilondan tashqaridagi interaktiv zonalar: sovrinlar o‘ynalishi, karaoke tanlovlari, “Zo‘r-Zo‘r Star” ishtirokchilari bilan bitta sahnada ijro etish imkoniyati, yulduzlar bilan fotosessiyalar, sport mashinalarida sayr va “DJ-battl”lar havola etildi — bular “Bilayn” tashrifchilarga tayyorlab qo‘ygan tadbirlarning oz qismi, xolos.
Manba: kompaniya press-relizi