“VimpelCom” o‘z aktivlarini “NASDAQ” fond birjasiga o‘tkazdi

beeline_24_09_2013

Eng yirik birlashgan aloqa operatori “VimpelCom Ltd” (“VimpelCom” kompaniyalar guruhi) (“NASDAQ”:“VIP”), kompaniyaning Amerikadagi depozitar yozuvlari (ADR) listingi Nyu-York fond birjasidan “NASDAQ Global Select Market”ga o‘tkazilgani haqida xabar beradi. Bunda kompaniya tikeri — “VIP” saqlanadi.

beeline_24_09_2013_1

VimpelCom bosh direktori Djo Lunder “NASDAQ” bo‘yicha tantanali ochilish marosimiga raislik qildi. Savdolar ochilishi marosimi Nyu-Yorkdagi Tayms-skver markazida “NASDAQ Market Site”da bo‘lib o‘tdi va “NASDAQ” yetti qavatlik minorasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

beeline_24_09_2013_2

“Innovatsiyalarda katta tajribaga ega dunyodagi eng yirik birlashgan aloqa-telekommunikatsiya operatori sifatida VimpelCom global innovatsiyalarga moyillikni bildiruvchi kompaniyalar guruhiga qo‘shilgan holda, “NASDAQ” uchun ajoyib hamkorga aylandi, — dedi “NASDAQ OMX” bosh direktori Bob Grifeld. — Biz “VimpelCom”ni “NASDAQ” oilasida qarshi olishdan mamnunmiz”.

Batafsil ma’lumot www.vimpelcom.com.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system