Poytaxtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Sammit o‘z ishini boshladi
24.09.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

24 sentabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan Sammit o‘z ishini boshladi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Sammit har yili o‘z atrofida yurtimiz va xorijlik axborot texnologiyalari sohasining eng nufuzli tashkilotlari, vakillari hamda mutaxassislarni birlashtiradi. Sammitda sohada erishilgan eng so‘nggi yutuqlar, tajribalar almashinib, AKT bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashiniladi.

5432

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari Sammitini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat boshqaruvi hamda aholi turmush tarzining barcha jabhlarida axborot almashinuv texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha istiqbolli rejalarni belgilab olish, soha rivojidagi tendensiyalarni tadqiq qilish, shuningdek, O‘zbekistonda AKT sohasi rivojini qo‘llab-quvvatlash va bu bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mazkur yilgi Sammitda ham yurtimiz va xorijlik 500 nafardan ziyod delegat qatnashmoqda. Sammitda Microsoft, SAP, IBM, Cisco, SoftlineBel Services, QNAP kabi sohaning yetakchi kompaniya vakillari, hududiy rahbarlari, BMTning elektron hukumatni joriy qilish bo‘yicha mutaxassislari, shuningdek, Janubiy Koreyaning NIA (Axborot jamiyati bo‘yicha Milliy agentlik, KISA (Internet xavfsizligi bo‘yicha Koreya agentligi), NIPA (Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentlik) kabi nufuzli tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

AKT joriy etishda Milliy dastur, yutuq va sohadagi muammolar, davlat boshqaruvida axborot texnologiyalaridan foydalanish va me’yoriy-huquqiy asos, axborot xavfsizligi, infratuzilmani rivojlantirish, axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy qilish, internet ta’lim kabi yo‘nalishlarda “AKT davlat sektorida”, “Texnologiya”, “Ishlanmalar va yechimlar”, “Internet va axborot resurslari” hamda “Axborot-kutubxona texnologiyalari” mavzularida ma’ruzalar tinglanib, muhokama qilinadi. Tadbir so‘nggida mazkur masalalar yuzasidan Sammit qarori qabul qilinadi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq