“Bilayn” ijtimoiy tarmoqlarda “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” g‘oliblarini taqdirlash marosimiga chiptalarni o‘ynaydi
24.09.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Mobil aloqa.
Muallif: .

ucg_24_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 24 dan 26 sentabrga qadar “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha VIII O‘zbekiston Chempionati g‘oliblarini rasmiy taqdirlash marosimiga chipatalarni o‘ynaydi. Tantanali marosim 28 sentabrda Yoshlar ijod saroyida o‘tkaziladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Biz estrada yulduzlari hamda “Zo‘r-Zo‘r Star” loyihasining ishtirokchilari bilan katta tadbir o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, chunki joriy yilda “Zo‘r-Zo‘r” brendi ostida o‘tkazilgan barcha loyihalar yoshlar salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Joriy mavsum tarixga milliy e-sport uchun eng muvaffaqiyatli va eng samarali bo‘lib kirdi, shunday ekan, biz turnirni xuddi o‘sha yuqori darajada yakunlashni istaymiz. Va, o‘z-o‘zidan “Beeline Uzbekistan”ning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha do‘stlariga ushbu voqeaning ishtirokchisiga aylanish imkoniyati taqdim etiladi”.

Tanlovda g‘olib chiqish uchun har bir istovchi seshanbadan payshanbaga qadar Facebook va Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmoqlarida “Beeline Uzbekistan” sahifalarida nashr qilingan savolga birinchilardan bo‘lib to‘g‘ri javob berishining o‘zi kifoya. Savollar yaqinda ishlangan “Do It” virusli roliklariga oid bo‘lib, ishtirokchilarga chipta olishlari uchun faqatgina diqqat va tezlik zarur bo‘ladi. 24 dan 26 sentabrga qadar ijtimoiy tarmoqlarda jami 144 ta chipta o‘ynaladi.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beeline.uz va www.odnoklassniki.ru/beeline.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq