“Bilayn” “ICTExpo 2013”ning eng texnologik stendini tomosha qilishga taklif qiladi

ict_24_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 25 dan 27 sentabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining 1-Pavilonida bo‘lib o‘tadigan “ICTExpo 2013” XII Xalqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasiga taklif qiladi.

“Yildan-yilga AKT Haftaligi chegaralarini kengaytirgan va yangi ishtirokchilarni jalb etgan holda yanada keng ko‘lamli tadbirga aylanib bormoqda, — deydi Unitel tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — “Bilayn» O‘zbekiston telekom-bozorining yetakchisi sifatida ushbu darajaga mos bo‘lishi lozim, shuning uchun joriy yilda stendimiz nafaqat eng yirik, balki “ICTExpo”dagi ishtirokimiz tarixida eng texnologik stend bo‘ladi. Ishonaman-ki, o‘n minglab tashrifchilar ekspozitsiyamiz innovatsionligini munosib baholaydilar”.

Ko‘rgazma hududida joylashadigan “Bilayn”ning ko’p sonli tematik va dam olish zonalari tadbir mehmonlarini e’tiborsiz qoldirmaydi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda “ICTExpo 2013” ko‘rgazmasi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Jizzaxda o‘tkaziladi. Batafsil ma’lumot www.ictexpo.uz saytida.

Quyidagi ishora orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda elektron chiptani qo‘lga kiritish mumkin: http://www.ictexpo.uz/register_user.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system