“Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida “DotA AllStars” turniri finalining tarkibi shakllantirildi
23.09.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_22_09_2013

21-22 sentabr kunlari poytxatdagi “Chexov 7” klubida “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining DotA AllStars jamoa o‘yini bo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Toshkent, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan 70 dan ortiq jamoa chempionatning milliy finaliga 3 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bahslashdilar.

ucg_22_09_2013_1

O‘tkazilgan musobaqalar natijalari bo‘yicha I o‘rinni “Veni Vidi Vic” jamoasi, II o‘rinni — “Temniy Lowadka” jamoasi, III o‘rinni — “Sky Sh1TANK” jamoasi egalladi. Barcha g‘olib va sovrindorlarga Beeline Club telefonlari va sertifikatlari topshirildi.

ucg_22_09_2013_2

Shunday qilib, “DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha mamlakatning barcha hududlaridan finalchilar aniqlandi, ular 28 sentabr kuni “Chexov 7” klubida o‘tkaziladigan milliy finalda O‘zbekistonning eng kuchli jamoasini aniqlab beradilar.

ucg_22_09_2013_3

Eslatib o‘tamiz, “Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali tomonidan o‘tkazilmoqda. “Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi.

ucg_22_09_2013_4

27 sentabr kuni Toshkent sh., Chexov ko‘chasi, 7 uyda joylashgan “Chexov 7” klubida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar uchun “Counter Strike 1.6” o‘yini bo‘yicha “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” saralash bosqichi o‘tkaziladi. Klubda 2013 yil 25 sentabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

ucg_22_09_2013_5

Qoidalar bo‘yicha savollar bilan quyidagi ishora orqali murojaat etish mumkin: http://forum.esport.uz/viewtopic.php?f=61&t=4615

Turnirda I dan III gacha o‘rinlarni egallagan geymerlarga “Bilayn”dan sovrinlar — smartfon va Wi-Fi routerlar, shuningdek chempionat medallari hamda diplomlari taqdim etiladi.

“Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” O‘zbekiston chempionati 17 iyul kuni start olgan. Avgust-sentabr oylarida Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Tokshentda hududiy saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda. 27 sentabr kuni “ICT Expo 2013” Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi doirasida “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” milliy finali o‘tkaziladi, 28 sentabr kuni esa poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida esa o‘zbek estaradasi yulduzlari ishtirokida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma’lumot www.infocom.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq