“Bilayn” va InfoCOM.UZ jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l-2013” tanlovini o‘tkazishadi

beeline_23_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) va “InfoCOM.UZ” jurnali tahririyati “Aloqada bo‘l-2013” nomli aloqa va telekommunikatsiya sohasiga oid eng yaxshi jurnalistik ishi tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda bosma va onlayn-OAV, shuningdek radio va TV vakillari bo‘lgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

“O‘zbekiston telekom-sektori ko‘plab voqea hamda innovatsion yechimlarga boydir. “InfoCOM.UZ” jurnali tahririyati esa doimo yangiliklarni sayt va nashriyot sahifalarida yoritgan holda, ularning bu kabi yuqori sur’ati bilan hamnafas bo‘lishga intiladi, — deydi “InfoCOM.UZ” jurnali tahrir hay’atining raisi Aleksandr Suchkov. – Aynan “Bilayn” soha yetakchisi sifatida ushbu tanlovning tashabbuskori bo‘lganligini to’g’ri deb hisoblayman va u yuqori darajada o‘tkazilishiga ishonaman”.

2013 yil 23 sentabrdan 10 dekabrga (shu kun ham kiradi) qadar nashr qilingan yoki efirga chiqqan istalgan janrdagi mualliflik ishlari muhokamaga qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun pr@beeline.uz elektron manziliga muallifning FISH va uning taxalluslari, ish joyi, kontakt telefonlari va tanlov ishining o‘zi ilova qilingan holda ariza yuborilishi lozim.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Ikki yildan beri biz markaziy hamda hududiy OAVni telekom-industriyani yoritish va ushbu segmentda innovatsiyalarni rivojlantirishga jalb qilish uchun “Aloqada bo’l” tanlovini o‘tkazmoqdamiz. O‘tgan yilda nashrlarning kutilmagan ko‘p soni berilgan bo‘lib, bu soha jurnalistikasining yuqori darajada rivojlanayotganidan darak beradi. Ishonaman-ki, bu safar ham biz o‘quvchilar bilan birga ko‘plab ajoyib va qiziqarli mualliflik ishlarining guvohi bo‘lamiz”.

Tanlov g‘oliblari diplomlar va quyidagi qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar:
• I o‘rin – Samsung GALAXY Note 10.1 plansheti
• II o‘rin – Samsung GALAXY S III Mini smartfoni
• III o‘rin – Samsung GALAXY Ace II smartfoni

Tanlov ishlarini telekom sohasining obro‘li ekspertlari, jurnalistlar va blogerlardan iborat jyuri baholaydi. “Aloqada bo‘l-2013” loyihasining yakunlari 2013 yil dekabrda sarhisob qilinadi. Tanlov shartlari bilan www.infocom.uz saytida tanishish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system