Toshkentda “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida “DotA All Stars”ning saralash bosqichi o‘tkaziladi

ucg_30_07_2013

21-22 sentabr kunlari poytaxtdagi “Chexov 7” kompyuter klubida “DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining saralash bosqichi o‘tkaziladi. Toshkent bosqichida ishtirok etish uchun, poytaxt, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan e-sportchilar ro‘yxatdan o‘tganlar.

“Kelayotgan dam olish kunlarida biz ko‘p yillik tajribaga ko‘ra, eng kuchli e-sportchilarning o‘yinlarining guvohi bo‘lamiz, — deydi Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Raqobat juda yuqori darjada bo‘ladi, chunki bu yerga Toshkent, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar to‘planishadi. 27 sentabrda esa bolalarni “ICT Expo 2013” Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladigan “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” milliy final sahnasida ko‘ramiz”.

Jami turnirda 70 dan ortiq jamoa ro‘yxatdan o‘tgan, ular uchun maxsus o‘yin jadvali tuzilgan bo‘lib, uni quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rish mumkin

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Toshkent hududiy fililali direktori Dmitriy Resh quyidagilarni qayd qildi: “Dota AllStars” jamoa o‘yini — doimo eng tomoshabop va yorqin o‘yin bo‘lgan, unda muvaffaqiyat, ehtiomol, barcha geymerlarga bog‘liq. Buning ustiga, finalga yo‘llanma uchun bu qadar ko‘p sonli jamoalar kurashadilar. Barcha ishtirokchilarga birinchi o‘rin uchun olib boriladigan adolatli kurashda omad tilaymiz!”

Eslatib o‘tamiz, “Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali tomonidan o‘tkazilmoqda. “Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi.

“Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” O‘zbekiston chempionati 17 iyul kuni start olgan. Avgust-sentabr oylarida Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Tokshentda hududiy saralash bosqichlari o‘tkazildi. 27 sentabr kuni “ICT Expo 2013” Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi doirasida “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” milliy finali o‘tkaziladi, 28 sentabr kuni esa poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida esa o‘zbek estaradasi yulduzlari ishtirokida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system