STATUS: “Bilayn”ning maxsus mijozlari uchun 2 barobar ko‘p Internet
19.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) STATUS tarif qatorining shartlarining yaxshilangani haqida xabar beradi. Endilikda ushbu noyob brend-platforma abonentlari xuddi o‘sha narxlarda ikki barobar ko‘p kiritilgan internet-trafikka ega bo‘ladilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel tijorat direktori Dmitriy Grigorev shunday dedi: “Eksklyuziv STATUS servisi — bu eng boshidan “bundan kami qoniqtirmaydiganlar” uchun individual yondashuv va eksklyuziv yechim bo‘lgan. Mijozlarimizning didi hamda moyilliklarini o‘rgangan holda, biz STATUSni tanlagan o‘n minglab abonentlar xarajatlarini oshirmay, xizmatlarimizdan yanada ortiqroq bahra olishlari uchun kiritilgan paketga ikki barobar ko‘p Internetni qo‘shdik”.

status_19_09_2013

STATUS brendi uchta eksklyuziv tarif rejalarini — noyob servisli (“Avtokredit”, xalqaro qo‘ng‘iroq hamda roumingga maxsus shartlar, Beeline Club imtiyozli abonentlar dasturi ishtirokchisining shaxsiy kartasi, STATUS ga ulanayotganda “oltin” raqamlarning individual ro‘yxati va 10 soniya ichida ulanish kafolatlangan, call-markazning ajratilgan 0777 raqami) STATUS Silver, STATUS Gold va STATUS Platinumlarni birlashtiradi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq