“Bilayn” Samsung Galaxy Note 10.1 planshetini sotishni boshladi
19.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Samsung Galaxy Note 10.1 planshetli kompyuter savdosi boshlanganligini e’lon qiladi. Yangi uskuna 10-dyuymli displey, 5-megapikselli kamera, 1400 MGs chastotaga ega 4-yaderli protsessor, 2 Gigabayt operativ xotira va 16 Gigabayt o‘rnatilgan xotira bilan jihozlangan. Planshet Android 4.0.3 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi va ko‘plab innovatsion funksiyalarga ega.

beeline_19_09_2013

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Samsung bilan hamkorlik qilishni davom ettirib, biz mobil operatorlari ichida birinchi bo‘lib abonentlarga yangi smart-uskunani munosib baholashni taklif etamiz. Uskuna biz tomondan o‘tgan yilning kuzidan beri sotilayotgan GALAXY premium-devayslar qatorining mantiqiy davomiga aylangan”.

Samsung Galaxy Note 10.1 narxi – 1 699 000 so‘m. Uskuna xarid qilinganida abonentga 6 oy davomida har oy 200 Mb bonus taqdim etiladi. Planshetni naqd pul, shuningdek bank plastik kartalari yordamida “Bilayn”ning Toshkentdagi markaziy ofisida xarid qilish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq