Xakerlar Smart TV bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi televizor egalarini kuzatishlari mumkin

Samsung kompaniyasi ishlab chiqargan patch orqali xaker Smart TV bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi veb-kamerali televizor turgan xonani kuzata oladi. 2012-yilda Janubiy Koreya kompaniyalarida ishlab chiqarilgan modellar qatoridagi qurilmalarda shunday xavf mavjud.

xak_18_09_2013

Xavf tug‘diruvchi omil xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi iSEC Partners firmasi ekspertlari tomonidan qayd etildi. Bu haqda ular Black Hat konferensiyasida ma’lum qildilar. Mutaxassislar televizorning dasturiy ta’minotini buzuvchi bir necha omillarni — jumladan, brauzer va ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun ilovalarni sezib qoldilar. Ularning yordamida g‘araz niyatli kishilar to‘liq axborotlarga ega bo‘lish, akkaunt ma’lumotlarini o‘g‘irlash va rutkit o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mutaxassislar DT’ni buzishga yordam beruvchi ko‘plab usullarni topishga muyassar bo‘ldilar.

Shu tariqa, xakerlarda foydalanuvchilarni boshqa veb-saytlarga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur sahifalar nusxasini tayyorlagan, g‘araz niyatlilar hech bir shubha uyg‘otmay, to‘lov tizimi va ma’lumotlari va kredit karta, shuningdek, bank axborotlariga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, mutaxassislar televizorni osongina kuzatuv qurilmasiga aylantirish mumkinligini namoyish etdilar. Buning uchun kiritilgan yoki ulangan — veb-kamera mavjud bo‘lsa bo‘lgani. Samsung xodimlarining so‘zlariga qaraganda, patch to‘liq bagni yo‘q qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarining fikricha, veb-kamerani o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘lsada, foydalanuvchilarni baribir, shaxsiy hayotiga aralashish xavfi bezovta qilmoqda.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system