Virtuix Omni o‘yinli-yugurish yo‘li
18.09.2013
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kompyuter o‘yinlari industriyasi yuklamalar taassurotini uyg‘otuvchi ijod namunalarini yaratish bilan tezkor rivojlanib bormoqda. 3D texnologiyasi deyarli meynstrim bo‘lib qolmoqda, hozirda ishlanmalar virtual olam shuterlari uchun qayta aloqali nimcha va hatto bosh-oyoq kiyim-kechaklar yaratishga yo‘naltirilgan.

omni_18_09_2013

Biroq ko‘plab ishlanmalar prototip yoki hatto konsept bosqichidadir, ulardan ba’zilari hozirdayoq buyurtma uchun (mayli oldindan bo‘lsa ham) tayyor. Masalan, Virtuix Omni Natural Motion Interface yugurish yo‘lida foydalanuvchi zarur klaviatura tugmalarini bosish o‘rniga o‘zi jismonan mustaqil harakatlanishi mumkin.

omni_18_09_2013_1

Qurilma yuklamalar taassurotini uyg‘otishdan tashqari, inson salomatligiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, bu mashg‘ulot bilan soatlab shug‘ullanish yaxshi natija bermaydi, biroq vaqti-vaqti bilan foydalanuvchi mazkur o‘yin uchun o‘zining qulay o‘rindig‘idan turishi hamda shug‘ullanishi foydadan holi bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, o‘yinda Virtuix Omnidan foydalanishni yanada takomillashtirish uchun Oculus Rift virtual shlemi ham taqdim etilishi kutilmoqda. Hozircha yo‘l faqat kompyuter o‘yini sifatiga va ayrim rag‘batlantiruvchi vositalar bilan cheklanmoqda, biroq vaqti kelib, u haqiqatan juda zarur, katta talabga ega o‘yinli-qurilmaga aylanishi kutilmoqda.

omni_18_09_2013_2

Hozircha Virtuix Omni Natural Motion Interface’ning narxi 499 dollardan iborat. Bu mablag‘ evaziga xaridor yo‘l, mahkamlovchi kamar, poyabzal, shuningdek, harakatni nazorat qiluvchi apparat va dasturiy ta’minotga ega bo‘lishi mumkin.

Manba: www.virtuix.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq