SMSning bosh raqobatchisi telefonning ham raqobatchisidir

WhatsApp kompaniyasi — shu nomdagi ilova muallifi Voice Messages nomli yangi funksiyaning chiqarilishini ma’lum qildi. U ovozli xabarni WhatsAppning boshqa foydalanuvchisiga bir zumda yozib olish va jonatish imkonini beradi.

sms_18_09_2013

Yangi funksiya WhatsApp: iPhone, Android, BlackBerry, Symbian va Windows Phonega ega bo‘lgan barcha qurilma va platforma foydalanuvchilari uchun qulay imkoniyatdir. Biroq undan hozircha barcha ham foydalana olmaydi — buning uchun ishlab chiqaruvchilar biroz bosh qotirishlariga to‘g‘ri keladi. Ovozli xabarni yozish bevosita WhatsApp chatida amalga oshiriladi. iPhone va Android qurilmalarida buning uchun ekranda mikrofon tugmasini bosish kerak, Symbian boshqaruvi ostidagi Nokia smartfonlarida esa, joystik markaziy tugmasiga bosish kerak. Jo‘natuvchi ovozli xabar yetkazilganligi bilan birga, oluvchi uni eshitganligi yoki eshitmaganligi haqida ham bilib olishi mumkin. Buni jo‘natilgan xabarda mikrofon rangi bildirib turadi.

Hozirgi kungacha WhatsApp ilovasi xabarni, foto va videoni darhol jo‘natish imkonini berar edi, lekin ovozli xabar jo‘natish imkoniyatini taklif etmasdi. Ushbu funksiya muqobil ilovalar bilan, shu jumladan, Voxer ilovasi bilan ta’minlanar edi. Yangi funksiya ishga tushirilishidan tashqari, kompaniyada WhatsApp ilovasi foydalanuvchilari bazasi 300 mln kishidan oshganligini haqida xabar qiladilar. Shu bilan birga, 50 mln yangi foydalanuvchilar taxminan oxirgi 2 oy davomida ro‘yxatdan o‘tdilar.

WhatsApp asoschilaridan biri va bosh ijrochi direktori Yan Koum (Jan Koum) All Things Digital nashriga boshqa statistik ma’lumotlarni ham taqdim etdi. Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda WhatsApp foydalanuvchilari har kuni bir-birlariga 11 mlrd. xabar va 325 mln fotosurat jo‘natadilar. WhatsApp kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan.

Manba: www.whatsapp.com

Orphus system