Samsung yangi turdagi televizorni ishlab chiqara boshladi

Samsung kompaniyasi jahon bozori uchun egri displeyli Samsung KN55S9 televizorlar ishlab chiqara boshladi. Ishlab chiqaruvchilar so‘zlariga qaraganda, ekran tamosha qilish taassurotini yaxshilaydi, ya’ni tasvirdagi har bir nuqta inson ko‘zi uchun qulaylashadi.

sam_18_09_2013

55 duym diagonalli ekranga ega Samsung KN55S9’ning narxi $9 mingga teng. Bu mo‘ljaldagi narxdan $6 mingga arzondir. Ma’lum bo‘lishicha kompaniya arzon baho televizorni tayyorlab, shunga muqobil LG 55EA9800 modelidan katta ustunlikka ega bo‘lishini ko‘zda tutgan. LG kompaniyasi xususiy 55 duym diagonalli ekranga ega Samsung KN55S9 televizorlarini 2013-yil iyul oyida sotuvga chiqardi. Narxi $15 mingni tashkil etadi.

OLED texnologiyasi tasodifan tanlab olinmagan. Samsung vakillarining so‘zlariga qaraganda, avvalgiga nisbatan yanada sifatliroq. Kompaniyalar xaridorlar tasvirning yanada yaxshi sifati uchun mablag‘ sarflashga tayyor ekanligiga ishonadilar, bunga xaridorlar Full HD JK-televizoriga nisbatan 4 marta ortiq mablag‘ sarflaydilar.

sam_18_09_2013_1

Hozircha OLED-televizorlari, birinchi navbatda, qimmatbaholigi sababli ommaviylashmayapti. NPD DisplaySearch ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil birinchi choragida jahon bozoriga 100 dona shunday qurilma chiqarilgan. Analitiklarning fikricha, shunday ekranli televizorlar — bu mahsulotga xaridorni qiziqtirishning yangi usulidir. NPD DisplaySearchga muvofiq, televizorlarni jahon bozoriga chiqarish 3 foizga kamaygan, o‘tgan yil natijalariga muvofiq esa — 6 foizga kamaygan.

Ishlab chiqaruvchi uning yordamida o‘z daromadini oshirmoqchi bo‘lgan yangi texnologiya, 3840 x 2160 piksel yechimga muvofiq Ultra HD (yoki 4K) tasvir formati hisoblanadi. Mazkur format televizorlari Full HD-qurilmalariga nisbatan 3–4 marta qimmatroq.

Manba: www.samsung.com

Orphus system