Samsung va LG noyabr oyidan boshlab yupqa ekranni ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi
18.09.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Turli kompaniyalar yupqa displeylarining prototiplari xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarda bir necha bor taqdim etilgan, tarmoqda yangi ishlanma haqidagi xabar esa 2007-yilda e’lon qilingandi.

ekran_18_09_2013

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirgi davrda mobil qurilmalari uchun yupqa displeylar ishlab chiqarila boshlandi deb aytish mumkin. Sanoatga oid manbalarga ega, ET News Janubiy Koreya resursi ma’lumotiga ko‘ra joriy yil noyabr oyidayoq Samsung Display va LG Display kompaniyalari tomonidan yupqa panellar ommaviy tarzda ishlab chiqarila boshlanadi, u prototipiga nisbatan yengil, mustahkamlik darajasi yuqori va ixchamlashtirilgan.

Samsung mazkur mahsulotni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 100% ishlab chiqarish sharoitida 5” dan 6” gacha diagonalli 1,5 mln. yupqa displey chiqarish ta’minlanadi. Aslida, panellar sifati, ayniqsa, dastlabkisi juda yuqori bo‘lib, oyiga 1 mln. displey chiqarish rejalashtirilgan. LG Display imkoniyati ancha past bo‘lib, oyiga 500 mingga yaqin yupqa displeyni ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yaponiya va Tayvan kompaniyasi ham yupqa OLED-displeylari yaratish ustida ish yurityapti, biroq ommaviy ishlab chiqarish uchun ancha vaqt talab etiladi. HIS Display Bank kompaniyasi tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, yupqa displeylardan ommaviy tarzda 2015-yildan boshlab foydalanadilar.

Manba: www.etonline.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq