Mobil qurilmalari uchun xavfi yarim yilda 30 foizga oshdi

Fortinet kompaniyasi tomonidan 2013-yil 1-yanvar oyidan 31-iyulgacha FortiGuard Labs laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan xavf to‘g‘risida tayyorlangan hisobot e’lon qilindi. FortiGuard Labs ma’lumotlariga ko‘ra keyingi olti oy mobaynida mobil qurilmalariga xavf 30 foizga ortdi. Laboratoriya ekspertlari har kuni yangi 1,3 ming xavf omillarini kuzatadilar. Bundan tashqari, 300dan ortiq g‘aroyib turdagi Android oilasiga xavfni va 250 mingdan ortiq nusxada zararli dasturlarni kuzatishlarini ma’lum qildilar, CNews va Fortinet mutaxassislari.

«Bundan uch yil avval mobil qurilmalari xavfi foydalanuvchilar hamda mutaxassislarda alohida bezovtagarchilik uyg‘otmagandi. Ko‘pchilik xavf smartfon va planshetlarga qarshi bo‘lib, shartli-bepul dasturlar tomonidan Cabir dasturiga o‘xshash yoki g‘araz niyatli SMS’lar orqali yuborilardi, — deydi, Fortinet kompaniyasi FortiGuard Labs laboratoriyasi mobil qurilmalari uchun antivirus dasturlari katta tadqiqotchisi, Aksel Apvril (Axelle Apvrille). — Biroq portativ qurilmalarga talab keskin o‘sib bormoqda, shu sababli kiberjinoyatchilar buning evaziga mo‘may daromad olmasliklari kerak. Tadqiqotlarimiz mobil qurilmalari uchun xavf kamayishi mumkin emasligini ta’kidlamoqdalar».

2013-yilda mobil qurilmalariga xavf bo‘yicha vaziyat keskin o‘zgardi. Butun jahon Google Android OS operatsion tizimi ishlab chiqaruvchilari smartfonlari ommaviy tarzda foydalana boshlandi. Bugungi kunda Android qurilmasi barcha bozorlarga chiqarilgan, bahosi va funksionalligi qulaylashmoqda. Fortinet ekspertlari so‘zlariga muvofiq, qurilmalar funksionalligini oshiradigan internetda keng qo‘llaniladigan applikatsiyalar kiberjinoyatchilar uchun platformaga aylanmoqda. FortiGuard ekspertlari 2012-yildayoq mobil telefonlari uchun sotib olish talab etiladigan dasturlar ko‘payishini bashorat qilgan edilar.

2009-yilda xavf Symbian OS operatsion tizimiga yo‘naltirilgan, iOS va Android endigina bozorda paydo bo‘la boshlagan edi. Bundan tashqari, Fortinet ma’lumotiga ko‘ra katta xavf Symbian operatsion tizimi eng ko‘p tarqalgan Sharqiy Yevropa va Xitoyda yuzaga kelgan.

Manba: www.fortiguard.com

Orphus system