MediaTek va LG uchta SIM-kartali dastlabki smartfonlarni tayyorladilar

Smartfonlar bozorida ikki sim-kartali yechimlar ko‘p, biroq MediaTek va LG kompaniyalarining hamkorligi evaziga uchta SIM-kartali dastlabki smartfonlar tayyorlandi. Tayvan kompaniyasi ilgari 3G’ni qo‘llab-quvvatlagan Android-smartfonlarga mo‘ljallangan texnologiyani ishlab chiqdilar, undan allaqachon LG qurilmalaridan birida foydalanilmoqda.

med_18_09_2013

MediaTek vakillarining so‘zlariga qaraganda, uch SIM-kartalar bilan qurilma birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiya yaqinda Braziliyada savdoga chiqarilgan LG Optimus L4II smartfoni uchta sim-kartali versiyasida foydalanilmoqda. Batafsil tushuntirishlarsiz, LG yangi uch SIM-kartali gadjetlar chiqarishni rejalashtirmaganligini xabar qildi.

Ikki SIM-karta bilan gadjetlar kabi, uch sim-kartali yechimlar ham barcha uchta kartadan bir vaqtda foydalanishga hamda foydalanilmaydigan kartalar uxlash rejimi hisobiga energiyani tejash imkonini beradi. MediaTek texnologiya barqarorlik yuqori darajasi bilan ajralib turishini va qo‘ng‘iroqlarni «yo‘qotish» holatlarini yoki sifatsiz ulanishlarni kamaytiradi. Asosiy xaridorlari rivojlanayotgan davlatlar aholisi bo‘lsada, Tayvan kompaniyasi yaqin vaqt mobaynida premium-klass uchun gadjetlar qulay yechimini taqdim etishni va’da qilmoqda.

Manba: www.mediatek.com

Orphus system