«Davlat xizmatlari — yanada yaqin va oshkora» davra suhbati

UZINFOCOM Markazi 2013-yil 25-sentabrda ICTEXPO 2013 ko‘rgazmasi doirasida soat 14-00 da «O‘zKo‘rgazma savdo markazi» majlislar zalida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) va Umail.uz elektron pochtasi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar — davra suhbatini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda, elektron hukumati nima uchun kerak, elektron hukumatga o‘tish davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ish faoliyati samaradorligini qanchalik darajada oshiradi, — degan tortishuvlar va bahsli savollar juda ko‘plab uchramoqda.

Ushbu savollarga javob topish va mazkur mavzu bo‘yicha mulohaza qilish uchun davra suhbatiga mutaxassislar va ishtirokchilar taklif etiladi. Davra suhbati ishchi va konstruktiv tarzda bo‘lib o‘tadi. Seminar ishtirokchilari va mehmonlari Yagona portal to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari va Yagona portal faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflarini berishlari mumkin. Shu qatorda, davra qatnashchilari mamlakatimizda Elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish ishlarida hamda Umail.uz elektron pochta xizmatini joriy etayotgan mutaxassislar bilan tanishish va ular bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng qiziqarli savol va takliflar mualliflari UZINFOCOM Markazi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Davrani olib boruvchilar:
• Dalibayev Nozimjon — Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalining axborot ta’minoti va rivojlantirish Guruhi rahbari (GOV.UZ Guruhi).
• Nazarov Alijon – Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalining axborot ta’minoti va rivojlantirish Guruhining bosh mutaxassisi (GOV.UZ Guruhi).
• Sklyarevskiy Yevgeniy – ZiyoNET ta’lim resurs Markazining yetakchi mutaxassisi, o‘znetning taniqli blogeri.

Manba: www.uzinfocom.uz

Orphus system