“Bilayn” Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Surxondaryo abonentlari USB-modem xarid qilganlarida 2 Gigabayt sovg‘a qiladi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek Xorazm va Surxondaryo viloyatlari abonentlari uchun maxsus taklif haqida xabar beradi. 16 noyabrga qadar ularga USB-modem xarid qilganlarida 2 Gb bepul internet-trafik beriladi.

beeline_18_09_2013

“Sovg‘a olish barchaga yoqadi, shu jumladan bizning abonentlarga ham, — voqeani sharhlaydi Unitelning G‘arbiy hududiy filialining direktori Refat Nizamutdinov. – Ularning ko‘pchiligi – mobil Internet foydalanuvchliari ekanliklarini bilgan holda, biz bonusli trafik yangi 3G-modem uchun a’lo darajadagi ilova bo‘ladi, degan xulosaga keldik”.

Internet-paket mavjud bo‘lganida birinchi navbatda bonus sarflanadi, keyin esa – xarid qilingan paket. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system