Akkumulyatorlar sig‘imi 10 marta ortadi

Shin-EtsuChemical Yaponiya kompaniyasi mobil qurilmalari akkumulyatorlari sig‘imi 10 marta orttiruvchi texnologiyani ishlab chiqdi, ma’lum qiladi CNet Nikkei nashri. Texnologiyaning mohiyati shundaki, akkumulyatorlardagi litiy-ionli grafit kremniyli materialga almashtirilgan.

Kompaniya mutaxassislari batafsil ma’lumotni taqdim etmagan. CNet ta’kidlashicha, yangi texnologiya evaziga smartfon va planshetlar bir quvvat moslamasi bilan 10 kun, faol ishlatish rejimida kamida ikki kun foydalanish mumkin.

Zamonaviy gadjetlar ko‘p bo‘lmagan avtonom ish vaqti, ish hajmi, internetga simsiz ulanish, internetdan muntazam axborot olib turish va boshqalar bilan farq qiladi. Yangi material grafitdan qimmat turadi, biroq Nikkeida ta’kidlanishicha, narxdagi farq foydalanuvchiga smartfonni har kuni quvvat oldirishdan ozod qiladi, shu munosabat bilan yangi texnologiyaning narxi unchalik qimmat tuyulmaydi.

Shin-Etsu Chemical tomonidan ta’kidlanishicha, yangi material mobil qurilmalari uchun akkumulyatordan tashqari, elektromobil batareyalarida ham foydalaniladi. Shin-Etsu Chemical vakillarining so‘zlariga qaraganda, yangi turdagi akkumulyatorlarning tijorat ishlab chiqarilishiga taxminan 3–4 yildan so‘ng kirishadilar. Shin-Etsu Chemical — 1926-yilda asos solingan, Yaponiyaning yirik kimyo kompaniyasi bo‘lib, sanoat uchun polimerlar, kremniy, fotorezist, sun’iy kvarts va boshqa materialdan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra 2000 yirik kompaniyalar qatorida jahon bozoridagi mavqei bo‘yicha 450-o‘rinni egallaydi.

Akkumulyator batareyalari — turli kompaniyalar muhandislari uchun eng dolzarb masalalardan biridir. 2013-yil aprel oyida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan sig‘imi 30 foizga oshirilganligi bilan litiy-ionli batareya elektrodlari xususiyatlarini yanada yaxshilashga erishilgani ma’lum qilingandi.

Manba: www.cnews.ru

Orphus system