“Bilayn” Internet mini-paketlarni yil oxiriga qadar uzaytirdi
17.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) mobil Internet foydalanuvchilari uchun hajmi 5, 10 va 20 Megabayt bo‘lgan “Mini paketlar” xizmatidan foydalanish imkonini 2013 yil 31 dekabrga qadar uzaytirdi.

beelinemini_17_09_2013

“Mini-narxlar bo‘yicha taklifimizni millionlab abonentlar munosib baholashdi, shunday ekan, biz ushbu xizmatni yilning oxiriga qadar uzaytirishga qaror qildik, – voqeani sharhlaydi Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Do‘stlar bilan muloqotni davom ettirish uchun taklif etilgan trafik miqdorlaridan birini uch kun muddatga tanlashning o‘zi kifoya”.

Mini-paketlar quyidagi USSD-kodlar yordamida ulanadi:
• $0,15 evaziga 5 Mb mini-paket – *110*0*10#
• $0,25 evaziga 10 Mb mini-paket – *110*0*11#
• $0,40 evaziga 5 Mb mini-paket – *110*0*12#

Balansdagi trafik qoldig‘ini *103# kodi yordamida tekshirish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq