Toshkentda Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida FIFA13 o‘yinibo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

ucg_16_09_2013

15 sentabr kuni Poytaxt ko‘ngil ochish markazida Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining FIFA13 simulyatori bo‘yicha yakuniy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 50 ga yaqin virtual futbol shinavandalari milliy final uchun bo‘lgan uchta yo‘llanma uchun kurash olib bordilar.

ucg_16_09_2013_1

ucg_16_09_2013_2

O‘tkazilgan musobaqalar yakunlari bo‘yicha birinchi o‘rinni Abdusapi Qayumov, ikkinchi o‘rinni – Kirill Tulyaganov va uchinchi o‘rinni — Sardor Boboqulov egalladi. Ularning barchasi chempilonatning bosh homiysi – “Bilayn” kompaniyasidan sovrin va sertifakatlar oldilar.

ucg_16_09_2013_3

21-22 sentabr kunlari Toshkentda “Chexov 7” klubida DotA AllStars o‘yini bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 saralash bosqichi o‘tkaziladi. Klub quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent sh., Chexov ko‘chasi 7. Ro‘yxatga olish 2013 yil 19 sentabrgacha.

ucg_16_09_2013_4

27 sentabr kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar uchun Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar “Chexov 7” klubida o‘tkaziladi, jamoalar 2013 yil 25 sentabrga qadar ro‘yxatga olinadi.

ucg_16_09_2013_5

Eslatib o‘tamiz, Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013 kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali tomonidan o‘tkazilmoqda. “Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi. Chempionatning hududiy saralash turnirlari Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkazilmoqda.

ucg_16_09_2013_6

Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston chempionati 17 iyul kuni start olgan. Avgust-sentabr oylarida Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Tokshentda hududiy saralash bosqichlari o‘tkazildi. 27 sentabr kuni ICT Expo 2013 Axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doirasida Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 milliy finali o‘tkaziladi, 28 sentabr kuni esa poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida esa g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

ucg_16_09_2013_7

UCG kompyter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari 10 davomida o‘tkazilib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar Makao-2007 va Vetnam-2009 Yopiq binolardagi Osiyo o‘iynlaridagi kumush medallar milliy e-sportchilarning yuqori muvaffaqiyatlari bo‘ldi.

ucg_16_09_2013_8

Oxirgi ikki yil davomida “Kelajak Ovozi” YOTM va “Bilayn” ko‘magi ostida mamlakatimizda e-sport yanada rivojlanib, xalqaro arenada jiddiy sakrashga erishdi. Janubiy Koreyada Osiyo Olimpiya kengashi homiyligi ostida o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritib, ikkinchi umumjamoa o‘rinni egalladi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempionatining bosh hakami — AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlari chempioni Pavel Saprikin.

ucg_16_09_2013_9

ucg_16_09_2013_10

FIFA 13 sport simulyatori bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston chempionatining g‘olibi joriy yil noyabrda Kunshan (Xitoy) da bo‘lib o‘tadigan WCG 2013 Jahon chempionatining Grand-finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

ucg_16_09_2013_11

ucg_16_09_2013_12

ucg_16_09_2013_13

ucg_16_09_2013_14

Orphus system