Dmitriy Resh “Bilayn”ning Toshkentdagi filialiga rahbar bo‘ldi
16.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Dmitriy Resh poytaxt, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlari abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi Toshkent hududiy filialiga direktor etib tayinlanganligini e’lon qiladi.

“Toshkent filiali – “Bilayn”ning O‘zbekistondagi eng strategik klasterlaridan biri – tayinlovni sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Dmitriy FMCG sohasida o‘n uch yillik savdo tajribasiga ega, bu esa, shubhasiz uning ommaviy telekom-bozordagi faoliyatiga yordam beradi. Uning hisobida – marketing va savdoga oid muvaffaqiyatli strategiyalar ishlanmasi va men ishonaman-ki, filial abonentlarini ko‘plab qiziqarli loyaha va tashabbuslar kutmoqda”.

beeline_16_09_2013

“Bilayn”ning Toshkentdagi jamoasiga qo‘shilganimdan xursandman va umid qilaman-ki birgalikda hududda aloqa sifatini o‘sishini tezlashtirihga hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga muvaffaq bo‘lamiz. Kompaniyaning ko‘plab qadamlari servis darajasini oshirishga yo‘naltirilgan va men ushbu yo‘nalishda faoliyatni aktivlashtirshni rejalashtirmoqdaman. Ustuvor vazifalarning ichida poytaxtda tarmoq sig‘imini oshirish, shuningdek, Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida 3G-qamrovini kengaytirishni ko‘rmoqdaman”, – dedi Dmitriy Resh.

Dmitriy Resh 1980 yilda Barnaul shahrida tavallud topgan. 2001 yilda Oltoy Davlat texnik universitetida bakalavr darajasini egallagan; 2002 yilda – “Tashkilot menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olgan. Huddi o‘sha yili “Viadrina” Yevropa xalqaro universitetida (Germaniya) “Moliyaviy iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha diplom ishini himoya qilgan. 2011 yilda unga RF Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat xizmati akademiyasida (Moskva sh.) iqtisodiyot fanlari nomzodi unvoni berilgan.

Dmitriy o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda “Neva Chupa Chups” YOAJ da (Oltoy o‘lkasi) savdo vakili sifatida boshlagan. Keyinchalik faoliyatini “SanInterbryu” OAJ – “Anxoyzer-Bush InBev” dunyodagi eng yirik pivo ishlab chiqaruvchi, Rossiya bozorida 12 yil davomida yetakchi pozitsiyalarda turgan konsernning Rossiyadagi bo‘linmasida davom ettirgan. Ushbu kompaniyada Dmitriy 6 yil davomida hududiy savdo menejeri lavozimidan ish boshlab, Sankt-Peterburgdagi vakolatxona boshlig‘i lavozimini egallashga erishgan.

2009 yilda “Baltiyskiy Bereg” MCHJ (Sankt-Peterburg) bosh direktori lavozimini egallagan. Keyingi paytlarda Dmitriy “Obyedinenniye sistemi” KG da ishlagan, u yerda Rossiyaning Shimoli-G‘arbiy hududida “Radonej” savdo belgisi ostida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish va bozorga chiqarish masalalariga javob bergan.

Oilali, ikkita farzandi bor. Bo‘sh vaqtlarini ov qilish va dengizda baliq ovlash bilan o‘tkazadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq