Festival hakamlar hay’ati ish boshladi!
14.09.2013
Rukn: Internet.
Muallif: .

if_14_09_2013

13-sentabr kuni saytlarni festival tanlovida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish bosqichi yakunlandi va shu boisdan, festival hakamlar hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda dastlabki turda ovoz berish masalalari muhokama etildi.

if_14_09_2013_1

Festivalda ishtirok etish uchun jami 451ta sayt ro‘yxatdan o‘tdi, ulardan ko‘pchiligi ham mavzuli, ham maxsus «Yil yangiligi» nominatsiyasida ro‘yxatdan o‘tganligi hisobga olinsa, demak, hakamlar hay’ati a’zolari 10ta mavzuli va 1 maxsus nominatsiya bo‘yicha jami 605ta ariza bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi.

if_14_09_2013_2

Ovoz berishning birinchi turida har bir sayt uchun 10 ballik shkalada uch toifa bo‘yicha: dizayn uchun ko‘pi bilan 2 ball, yuzabiliti uchun ko‘pi bilan 2 ball va kontent uchun 6 ball umumiy baho qo‘yiladi.

if_14_09_2013_3

20-sentabr kuni ovoz berishning birinchi turi bo‘yicha yakun yasaladi va o‘z nominatsiyalarida maksimal ballga ega bo‘lgan saytlar, ovoz berishning ikkinchi turi ro‘yxati (short varaq) ga kiritiladi. Ovoz berishning ikkinchi turi natijalariga ko‘ra festival g‘oliblari aniqlanadi.

if_14_09_2013_4

Hakamlar hay’atining tarkibi bilan bu yerda http://if.uz/jury/ tanishish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq