Toshkentda Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 doirasida FIFA13 o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi

15 sentabr kuni poytaxtdagi Sharq Space ko‘ngil ochish markazida Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tadi. Toshkent bosqichida ishtirok etish uchun poytaxt, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan barcha e-sportchilar tiaklif etiladi.

“Toshkent, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan e-sportchilar statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda eng kuchlilar hisoblanadi, – deydi Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Jumladan, masalan, O‘zbekistonlik virtual futbolchilar joriy yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG IV Osiyo o‘yinlarida zo‘r natijalarni ko‘rsatdilar: beshinchi va birinchi o‘rinlar! Aynan shu sababli biz milliy finalda ishtirok etish uchun bo‘lgan sakkizta kvotadan uchtasini Toshkent hududiy saralash turniriga ajratdik”.

Eslatib o‘tamiz, Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013 kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali tomonidan o‘tkazilmoqda. “Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi. Chempionatning hududiy saralash turnirlari Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkazilmoqda.

ucg_30_07_2013

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Toshkent hududiy filialining direktori Dmitriy Resh quyidagilarni qayd qildi: “Shubhasiz, UCGning oltinchi saralash bosqichi nafaqat eng e’tiborli, balki eng tomoshabop ham bo‘ladi, chunki finalga yo‘llanma uchun, ehtimol, O‘zbekistonning eng yaxshi geymerlari bellashadilar. Nima bo‘lganida ham, ishtirokchilarga sportda muvaffaqiyalar, a’lo kayfiyat va adolatli kurashni tilab qolamiz. Eng kuchli g‘olib qozonishiga tilakdoshmiz!”

UCG kompyter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazilib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSH, Singapur, Italiya va Germaniyada mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar Makao-2007 va Vetnam-2009 Yopiq binolardagi Osiyo o‘iynlaridagi kumush medallar milliy e-sportchilarning yuqori muvaffaqiyatlari bo‘ldi.

Oxirgi ikki yil davomida “Kelajak Ovozi” YOTM va “Bilayn” ko‘magi ostida mamlakatimizda e-sport yanada rivojlanib, xalqaro arenada jiddiy sakrashga erishdi. Janubiy Koreyada Osiyo Olimpiya kengashi homiyligi ostida o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritib, ikkinchi umumjamoa o‘rinni egalladi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempionatining bosh hakami — AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlari chempioni Pavel Saprikin.

Qayd qilish joiz, FIFA 13 sport turi bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston chempionatining g‘olibi joriy yil noyabrda Kunshan (Xitoy) da bo‘lib o‘tadigan World Cyber Games 2013 Jahon chempionatining Grand-finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Chempionat haqida batafsil ma’lumot www.infocom.uz saytida

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system