Qiziqarli FAKTlar
12.09.2013
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Mazkur sahifamiz «aqlli»ga bag‘ishlanadi.

«Aqlli buyumlar» vaqti yetib keldi!
Har kuni «aqlli televizor», «aqlli uy», «aqlli kir yuvish mashinasi» va hatto chang yutgich haqida yangiliklarni eshitamiz. Inglizchadan «Smart» — «aqlli» so‘zi o‘n yillikdagi eng ommaviy so‘zlar o‘nligiga kiradi, smartfonlar esa (aqlli telefonlar) butun dunyo bo‘ylab deyarli milliardlab foydalanuvchilarda bor. Bugun yangi tendensiyalar — «aqlli soatlar» haqida so‘z yuritamiz, ularni jahonda mashhur bo‘lgan kompaniyalar ishlab chiqarmoqda yoki ishlab chiqa-rishni boshlamoqchilar. «Aqlli soatlar» haqida bir necha yangi anonslarni taqdim etamiz.

2014-yilda «aqlli soatlar» ishlab chiqarilishi hajmi besh million donaga yetadi
Canalys hisobotiga ko‘ra aqlli soatlar yetkazib berilishi hajmi keyingi yilda 5 000 000 donaga yetadi. Avvalgi yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, mazkur agentlik ma’lumotlariga qaraganda, ushbu toifa mahsulotlarini yetkazib berish 330 000 donani tashkil etgan, joriy yilda esa, mahsulot hajmi o‘sishi 500 000 dona darajasiga yetishi mumkin.

Agar o‘tgan yilda Sony va Motorola aqlli soatlar asosiy ishlab chiqaruvchilari deb hisoblangan bo‘lsa, joriy yilda mana shu ikki kompaniyaga Pebble Technology raqobatchilik qildi. Keyingi yilda esa Sony, Motorola va Pebble kompaniyalariga Apple, Google, Microsoft va Samsung ham qo‘shiladi deb hisoblaydi Canalys mutaxassislari. Umuman olganda, analitiklar keyingi yilda mahsulot yetkazib berish hajmi deyarli o‘n barobar o‘sishini katta kompaniyalar tomonidan aqlli soatlar yangi avlodlarining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqdalar.

Canalys vitse-prezidenti va bosh analitiki Kris Jonsning (Chris Jones) so‘zlariga qaraganda, aqlli soatlar iPad’ning planshetlar bozoriga chiqqan vaqtdan boshlab iste’molchilik elektronikasi yangi mahsulotlari eng muhim toifasi bo‘lib qoladi.

Manba: www.canalys.com

Pebble Watch «aqlli» soatlari ikki yuz ellik ming tiraj bilan sotildi

akt_12_09_2013

Pebble Watch «aqlli» soatlari Kickstarter eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri bo‘lib qoldi. 2012-yil aprel oyidan taxminan bir oy muddatda kompaniya 10 mln. dollardan ortiq daromad olishga erishdi. Soatda «elektron qog‘oz» texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan ekrandan foydalaniladi, biroq aslida Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Memory LCD displeyi hisoblanadi. Qurilma iOS va Android boshqaruvi ostidagi smartfon bilan Bluetooth yordamida birgalikda ishlaydi.

akt_12_09_2013_1

Balki «aqlli» soatlar konsepsiyasi atrofidagi shov-shuvlar sababli kompaniya yaxshi natijalarga erishgandir. Ishlab chiqaruvchining xabar qilishicha hozirga kelib, (2013-yil yanvar oyidan) 275 000ta soat sotishga erishilgan.

akt_12_09_2013_2

Biroq bu yerda ham ozgina hiylakorlik mavjud. Umuman olganda, kompaniya hali shuncha sonli qurilmani sotishga ulgurmagan. Hozirga kelib, yakuniy xaridorlarga 93 000ta soat yetkazib berilgan. Qolganlari kompaniya hozircha yetkazib bera olmayotgan dastlabki buyurtmalarni tashkil etadi. Bundan tashqari, bugungi kunga kelib, Pebble Watch uchun 1 mln. ilovalar yuklandi. Kompaniya yaqinda SDK’ni taqdim etdi, bu soatlar uchun arzon ilovalar sonini ko‘paytirishga imkon beradi. Pebble Watch yoritiladigan 1,26 duym diagonalli, 144 x 168 nuqtali Memory LCD ekraniga ega ekanligini eslatib o‘tamiz. Soatlar iOS va Android boshqaruvi ostida smartfonlar bilan (Bluetooth yordamida) birgalikda ishlaydi va ekranda faqat vaqtni emas, balki xabarlar, pochtani, eslatmalarni va boshqa ko‘plab holatlarni yengil titrash bilan birgalikda ekranda namoyon etishga qodir. Soatlar kompozitsiyalarni o‘zgartirishga imkon berib, pleyerni boshqarishni ham biladi. Bundan tashqari, qurilma to‘la germetik va 50 metrgacha chuqurlikda suv ostiga tushishga bardosh bera oladi. Pebble Watch qurilmasining narxi $150ni tashkil etadi.
Manba: www.kickstarter.com

Microsoft «aqlli» soatlarida Windows 8 OT moslashtirilgan versiyasi va «shaffof alyuminiydan» foydalaniladi

akt_12_09_2013_3

«Aqlli» soatlar konsepsiyasi hozirga kelib, Internetni to‘ldirib yuborgan. Analitiklar katta savdo hajmlari bo‘lishini bashorat qilmoqdalar, ba’zilar esa mana shu kabi qurilmalar kelajagi porloq deb hisoblamoqda. Ko‘plab katta kompaniyalar rasman «aqlli» soatlar o‘z versiyalarini ishlab chiqarishni maqsad qilib qo‘yganlarini bildirmoqdalar. Pebble Watch yutuqlari ham bu qurilmalarning istiqboli yorqinligini ko‘rsatmoqda.

Microsoft yangi bozorda o‘z ulushiga ega bo‘lishni istagan kompaniyalar qatoriga kiradi. Ularning qurilmalari aftidan raqobatchilarinikidan katta farq qiladigan bo‘ladi. Birinchidan, manbada aytilishicha, soatda Windows 8 boshqaruvi ostidagi boshqa qurilmalar bilan birgalikda ishlashga yo‘nalish bilan Windows 8 OT moslashtirilgan versiyasidan foydalaniladi. Ikkinchidan, go‘yo qurilma 6 GB xotira bilan va yangi saqlovchilar bilan ishlashga yo‘nal-tirilgan shaxsiy LTE chipi bilan jihozlanadi.

akt_12_09_2013_4

U yog‘i bundan ham qiziqarli. Microsoft soatlari namunalari hozirning o‘zida test sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Ular alyuminiy oksinitridi (AlON) — toblangan oynadan to‘rt barobar mustahkamroq va harbiy texnikada zirhlangan oyna tashqi qismi uchun foydalaniladigan modda bilan himoyalangan 1,5 duym diagonalli ekran bilan jihozlangan. Lumia smartfonlari kabi Microsoft soatlari ham bir necha ranglar variantlarida savdoga chiqariladi.

Manba: www.amongtech.com

Kreyos Meteor «aqlli» soatlari ishoralar va tovushga quloq soladi
Bozorga yangi shov-shuv — «aqlli» soatlar kirib kelmoqda. Ishlab chiqaruvchilar yangi mahsulotni qay darajada yo‘lga qo‘ya olishlari hozircha aniq emas, lekin kimki birinchi bo‘lib funksionalligi, tashqi ko‘rinishi va narxi aniq mosligini bilib olsa, mobil qurilmalar bozori kelajak o‘sishi istiqbollari bilan bog‘liq segmentda ustunlikka erishadi.

Indiegogo servisi yordamida soatlarni ishlab chiqarishga mablag‘ to‘plashni boshlagan Kreyos Meteor soat ishlab chiqarish loyihachilari o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga qaror qildilar.

akt_12_09_2013_5

Qurilmaga qiziqishning yuqori ekanligini yangilikni tayyorlash paytida dastlab maqsad 100 000 dollar bo‘lgan holda deyarli 400 000 dollar to‘plashga erishilganligi ko‘rsatib turibdi, lekin mablag‘ to‘plash muddati tugashiga hali bor. Soatlarni $169 dollardan sotish taxmin qilinmoqda, lekin mablag‘ to‘plash ishtirokchilari o‘z qurilmalarini $100 narxda oladilar.

akt_12_09_2013_6

Ko‘rsatilgan mablag‘ga vazifasi — Bluetooth ulanishdan foydalanib, aytaylik, foydalanuvchi cho‘ntagida bo‘lgan smartfonni to‘ldirish hisoblangan qurilma egasi bo‘lish mumkin. Kiritilgan mikrofon va baling ovozda so‘zlashgich mavjudligi soatni qo‘ng‘iroq qilish va qo‘ng‘iroqlarga javb berishga imkon beruvchi garnituraga aylantiradi hamda ovozli buyruqlar yordamida boshqa funksiyalardan foydalanishga imkon beradi. Soatda harakat datchiklarining mavjudligi ishoralar yordamida smartfon bilan o‘zaro aloqada bo‘lishga imkon beradi.

Loyihachilar qurilma mustaqil o‘z qimmatiga ham ega ekanligini ta’kidlamoqdalar, shu bilan birga, u faqat vaqtni ko‘rsatmaydi: kiritilgan ilovalar kunlik faollikni hisobga olishga imkon beradi. Smartfonga ulanish mumkin bo‘lmagan paytda soat axborotni o‘z xotirasida saqlaydi, ulanish bilan uni smartfon xotirasiga o‘tkazadi. Dasturiy ta’minot loyihachilari SDK’dan foydalanishlari mumkin, bu soatlar uchun dasturlar yaratishga imkon beradi.

Kreyos Meteor soatlari faqat qo‘lga taqib yurish uchungina mo‘ljallanmagan bo‘lib, ularni kiyimga taqish, tasmada bo‘yinga osib yurish yoki velosipedga mahkamlash mumkin. Umuman, soatlarda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi va o‘z mashg‘ulotlari haqida axborotlarga ega bo‘lishni istovchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallanganligi ko‘zga tashlanadi.

akt_12_09_2013_7

Kam elektr quvvati iste’mol qiluvchi mikrokontroller qurilmaga asos bo‘lib xizmat qiladi. Soatlar diagonali bo‘yicha 1,26 duym kattalikka va 144 x 168 piksellar zichligiga ega suyuq kristalli ekran, to‘rtta tugmalar va vibrosignal bilan ta’minlangan. Ular ANT/ANTQ va Bluetooth 2.1Q EDR va 4.0 (Low Energy) simsiz aloqa texnologiyalari bilan ishlaydi. Soatlar giroskop, akselerometr, mikrofon va gromkogovoritel kabilar bilan jihozlangan. Xabar qilishlariga qaraganda 150 mAs sig‘imli batareyasi bilan ular yetti kun davomida zaryad olmay ishlashi mumkin. Batareyalar zaryad olishi va DT yangilanishi uchun USB interfeysi mo‘ljallangan. Soatlar — suv o‘tkazmaydilar. Tayyor mahsulotlarni savdoga jo‘natish noyabr oyida boshlanishi kerak.

akt_12_09_2013_8

Manba: www.indiegogo.com

NFC texnologiyasi bo‘yicha ishlaydigan Sony SmartWatch 2 qurilmasi rasman taqdim etildi

akt_12_09_2013_9

Sony kompaniyasi SmartWatch aqlli soatlar yangilangan versiyasini taqdim etdi. SmartWatch 2 yangi modeli tashqi ko‘rinishini Xperia Z qurilmalari dizaynidan olgan. O‘ziga xos alyumin quvvat olish tugmasi ham mavjud.

NFC texnologiyasi bo‘yicha Android OT boshqaruvi ostida ishlaydigan mobil qurilmalar bilan ulanish imkoniyati birinchi avlod soatlaridan asosiy farqlaridan biri hisoblanadi.

akt_12_09_2013_10

Qurilma kirish qo‘ng‘iroqlari haqidagi ma’lumotlarni, xabarlar va ijtimoiy tarmoqlar lentalarida yangilanishlarni ekranda namoyish etadi. Bundan tashqari soatlar musiqa qurilmalari uchun masofadan boshqarish pulti sifatida ishlashga qodir.

Sony vakillari SmartWatch 2 qurilmasi avvalgisidan (IP57 standarti) ancha tez ishlashini hamda chang va suvdan himoyaga ega ekanligini aytmoqdalar. Hozirga kelib, ko‘plab ishlab chiqilgan soatlar uchun ilovalar ham eslatib o‘tiladi, ularning ko‘pchiligidan smartfondan mustaqil alohida foydalanish mumkin. Soatlar ushbu form-faktor qurilmalari uchun moslashtirilgan interfeysi bilan Android 4.0 OT modifikatsiyalashtirilgan versiyasida ishlaydi.

SmartWatch 2 qurilmalari 220 x 176 piksellar zichligiga ega diagonali kattaligi 1,6 duymli displey bilan jihozlangan, u soatdan quyoshli kunda foydalanish uchun yetarli yorqinlikka ega. Soatlar zaryad olishi micro-USB porti orqali amalga oshiriladi.

SmartWatch 2 aqlli soatlarning boshqa qiziqarli xususiyatlari taqdimot marosimlarini masofadan boshqarish va mobil qurilma kamerasini o‘z ichiga oladi, agar suhbatdoshi qo‘ng‘irog‘ini saqlab turish kerak bo‘lsa, oddiygina soat ekraniga kaftlar qo‘yilsa, yetarli bo‘ladi.

akt_12_09_2013_11

Sony SmartWatch 2 qurilmasini 2013-yil sentabr oyidan boshlab xarid qilish mumkin bo‘ladi. Soatlar bilan birga qo‘shimcha kamarcha sotib olish mumkin (24 mm). Sony SmartWatch 2 soatlari 200 yevro deb baholanmoqda. Manba: www.sonymobile.com.

«Aqlli soatlar» haqidagi yangiliklar sharhini yakunlar ekanmiz, boshqa «aqlli» buyumlar haqida ham bir necha faktlarni keltirib o‘tishni istardik!

«Aqlli» skalpel saraton (rak) hujayralarini aniqlaydi
Olimlar «aqlli pichoq» — skalpelni yaratdilar, u haqiqiy vaqt davomida jarrohlarga saraton kasalligi to‘qimasi mavjudligi haqida xabar beradi. Jarrohlik xonalarida sinovlar davomida iKnife «aqlli pichog‘i» 100% aniqlik bilan to‘qimada saraton hujayralari mavjudligini aniqladi. Ilgari mana shunday muolajaga yarim soat talab etilar va bemor shu vaqt davomida narkoz ta’siri ostida bo‘lar edi.

iKnife mahsulotining sinov ishlari Sog‘liqni saqlash sohasida tadqiqotlar Milliy instituti (Buyuk Britaniya), Yevropa tadqiqotchilik kengashi hamda tadqiqotlar va texnologiyalar Milliy boshqarmasi (Vengriya) tomonidan moliyalashtirilishi ostida o‘tkazildi.

akt_12_09_2013_12

Odatda saraton o‘smalarini davolashda shifokorlar aynan zararlangan to‘qimani bartaraf etishga alohida umid qiladilar. Saratonning qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jarroh faqat saraton to‘qimasini emas, balki sog‘lom to‘qima bir qismini ham olib tashlaydi. Biroq to‘qimalarning qay biri zararlangan va qay biri sog‘lomligini ko‘z bilan aniqlash mumkin emas. Shu sababli bemorlarga ko‘pincha takroriy jarrohlik jarayoni talab qilinadi — o‘smani to‘la bartaraf qilish uchun. Shubha bo‘lgan holatlarda jarrohlik jarayoni davomida to‘qima namunasini ekspertizaga jo‘natadilar, ekspertiza kamida yarim soat vaqtni oladi. Shu davr davomida bemor jarrohlik stolida narkoz ta’siri ostida bo‘ladi.

iKnife skalpeli ishlashi tamoyili 1920-yillardayoq kashf etilgan elektr jarrohlikka asoslangan. Elektr jarrohlik pichoqlari kesish paytida to‘qimalarni tez qizdirish uchun elektr tokidan foydalanadi va shu tariqa, qon yo‘qotishni kamaytiradi. Shu bilan birga, jarroh mana shunday skalpel bilan ishlashi paytida tutun paydo bo‘ladi, odatda uni havo tortish tizimi yordamida yo‘qotiladi. iKnife kashfiyotchisi, London Imperiya kolleji doktori Zoltan Takats tutun biologik axborot manbasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. iKnife qurilmasini yaratish uchun tadqiqotchi elektr jarrohlik pichog‘ini va to‘qimada mavjud kimyoviy moddalarni aniqlash uchun foydalaniladigan mass-spektrometrni birlashtirdi. Turli hujayralar bir-biridan farq qiluvchi metabolik moddalarni turli darajalarda ishlab chiqaradi, shu sababli modda almashuvi mahsulotlarini tahlil qilib, to‘qima holati haqidagi axborotni taqdim etish mumkin.

Tadqiqotlar davomida olimlar jarrohlik 302 bemorlaridan to‘plangan to‘qimalarni analiz qilish uchun birinchi bor iKnife qurilmasidan foydalandilar. Tadqiqotchilar inson tanasi sog‘lom va saratonli to‘qimalari, shu jumladan, miya, o‘pka, sut bezlari, oshqozon, yo‘g‘on ichak va jigarning minglab to‘qimalari ko‘rsatkichlarini yozib bordilar. Endi iKnife qurilmasi ushbu «kutubxonasidan» saratonni aniqlash uchun foydalanadilar. Ushbu jarayon uch soniyaga yaqin vaqtni oladi.

Ma’lumotlar bazasini yaratgandan so‘ng shifokorlar haqiqiy vaqt davomida jarrohlik jarayoni xonalarida iKnife bilan 91ta test sinovlarini o‘tkazdilar (bemorlar to‘qimalari namunalarida). Uning ma’lumotlari jarrohlik jarayonidan keyingi to‘qimalar diagnostikasi ma’lumotlari bilan 100% mos bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, iKnife darhol va asosiysi zararlangan xavfli to‘qimani aniq aniqlashga imkon beradi. Kelajakda, iKnife odatiy jarrohlik asbobi bo‘lib qolganda o‘simtalar xavfi ehtimolini kamaytirish mumkin bo‘ladi va demak, ko‘p sonli bemorlarda jarrohlik jarayonidan so‘ng uzoq vaqt sog‘lom hayot imkoniyati paydo bo‘ladi. iKnife kashfiyotchisi doktor Takatsaning so‘zlariga qaraganda, uning skalpelidan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin, misol uchun, bakteriyalar turlarini aniqlash, qon bilan ta’minlanishi yetarli bo‘lmagan to‘qimalarni aniqlash uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, olimlar iKnife bilan tajribalar o‘tkazib unda «aqlli pichoq» hatto ot go‘shtini mol go‘shtidan farqini aniqladi. Hozircha iKnife jarrohlar tomonidan haqiqiy jarrohlik jarayoni davomida foydalanilmaydi, lekin «aqlli» skalpel yaratuvchilari yaqin kunlarda vaziyatni o‘zgartirish istagidalar.

Manba: www.cnews.ru

VANMOOF 10 aqlli velosipedi
Gollandiyaning ishlab chiqaruvchisi VANMOOF yaqinda aholi punktlari hududida harakatlanish uchun mo‘ljallangan juda qiziqarli aqlli velosiped loyihasini jamoatchilikka taqdim etdi. Yangi mahsulot GPS-navigatsiyasi, elektr quvvati sarflanishi nazoratchisi, Philips yoritish elementlari va motivatsiya tizimi bilan jihozlanadi. Barcha elektron tizimlari yengil batareyadan quvvat oladi.

akt_12_09_2013_13

VANMOOF 10 kiritilgan kompyuter bilan jihozlangan, u velosipedchi tomonidan har bir pedallarni aylantirishga sarflaydigan kuchini o‘lchaydi va ushbu ma’lumotlarga qarab dvigatel ishini moslashtiradi. «Qancha yordam kerak bo‘lsa, shuncha yordam beradigan» 250 Vt kuchga ega motor old g‘ildiraklariga o‘rnatilgan va foydalanuvchining oyoqlari 80 foizgacha yuklamasini o‘z zimmasiga oladi. Istaganda yordamchi tizimni o‘chirib qo‘yish va o‘z kuchingiz hisobiga harakatlanishingiz mumkin. Bundan tashqari, GPS-navigatsiya olib qochish (o‘g‘irlash) holatlaridan himoyani ham ta’minlaydi.

akt_12_09_2013_14

Velosipedning og‘irligi 19 kg.ni tashkil etadi. Panasonic kompaniyasi batareyasi pilotning og‘irligi, harakatlanish rejimi va sharoitlari hamda boshqa omillarga qarab o‘rtacha 30dan to 60 km masofaga ishlashga qodir. O‘tirib qolgan batareya resurslarini to‘la to‘ldirish uchun uch soatgacha vaqt kerak bo‘ladi. VANMOOF 10 «pilot» partiyasi savdoga noyabr oyida chiqariladi va bir donasi uchun xaridorlarga 2598 dollar narxda sotiladi. Birinchi 200 nusxalari mahsulot haqida qayta axborotlarni taqdim etishga tayyor insonlarga taklif etiladi. O‘z navbatida umumiy savdo keyingi yil aprel oyiga mo‘ljallangan.

Yugurish ishqibozlari uchun «Aqlli» paypoq
Bundan boshlab paypoq shunchaki kiyim emas. Heapsylon kompaniyasi sog‘lom turmush tarzi olib boruvchilarga kerak bo‘ladigan «aqlli» paypoqlarni yaratmoqda.

akt_12_09_2013_15

Sensoria Fitness Sock mahsulotiga datchiklar to‘qib o‘rnatilgan, ular hisobiga u Bluetooth orqali gadjetlarga ulanadi. Paypoq sarflangan kaloriyalar, qadamlar soni va bosib o‘tilgan masofa hamda yurish yoki yugurish tezligini hisoblaydi. Olingan ma’lumotlar asosida smartfon uchun ilova sizning harakatlaringizni tahlil qiladi va qo‘yilgan topshiriqqa qarab tavsiyalar beradi. Paypoqlarni odatdagidek yuvish mumkin. Bundan tashqari jamlanmaga Bluetooth-modul kiritilgan braslet ham kiradi. U oyoqlar to‘piq qismiga kiyiladi.

akt_12_09_2013_16

Manba: www.heapsylon.com

Aqlli ruchka orfografiyani tekshiradi

akt_12_09_2013_17

Ikki nemislar Falk Volski (Falk Wolsky) va Daniel Kesmaxer (Daniel Kaesmacher) Kickstarter veb-sayti yordamida orfografiyani avtomatik tekshiruvchi Lernstift «aqlli» ruchkani ishlab chiqarishga mablag‘ to‘plashga kirishdilar. Lernstift Linux yadrosida operatsion tizimi boshqaruvi ostida kiritilgan kompyuter, harakat datchiki, xotira, Wi-Fi-adapter va tebratish motoriga ega. Akselerometr, giroskop va magnetometrdan tashkil topgan harakatlanish datchigi bir duymga 400 nuqtalar zichligi qobiliyatiga ega. Uning yordamida foydalanuvchi yozayotgan matnni skanerlash ishi bajariladi. Har bir soniyada datchik protsessorga 200 marotaba ma’lumotlarni jo‘natishga qodir.

akt_12_09_2013_18

Kompyuterga datchikdan olingan ma’lumotlarni rasshifrovka qiladigan dasturiy ta’minot o‘rnatilgan. Dastur «optik tanib olish texnologiyalari sohasida jahonda yetakchi» Vision Objects tomonidan ishlab chiqilgan va «butun dunyo bo‘ylab millionlab planshetlar va smartfonlarda sinovdan o‘tkazildi». Loyiha mualliflari yordam so‘rab ko‘plab boshqa kompaniyalarga murojaat etdilar. Misol uchun, ruchka dizayni Shtutgart shahridan ipdd konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.

Dastur datchik taqdim etishga qodir bo‘lgan ancha kam sonli ma’lumotlar talab etadi — qo‘lda yozilgan matnni tanib olish uchun bir duymga 100 nuqtalar zichligi yetarli, bir soniyada 50 marta ma’lumotlar olinishi ham yetarlidir.

akt_12_09_2013_19

Dastur 128 MB operativ xotira bilan ta’minlangan kiritilgan Lernstift kompyuteri tarkibiga kiruvchi protsessor tomonidan bajariladi. Bir belgini tanib olish tezligi 20 ms. ni tashkil etadi.

Lernstift ikki funksiyalarni bajarishni biladi. Birinchi funksiya — bu xatolarni tekshirish. Agar foydalanuvchi so‘zda xatoga yo‘l qo‘ysa, ruchka avtomatik tarzda titraydi. Ikkinchi funksiyasi — dastxatini yaxshilash. Agar dastxati o‘qib bo‘lmaydigan bo‘lib qolsa, ruchka titray boshlaydi. Lernstift dasturiy ta’minoti odam dastxatiga moslashishga qodir. Ruchkani kalibrovka qilib olish uchun foydalanuvchiga bosma harflar bilan va keyin — kursiv bilan bir necha so‘zlar yozishi kerak bo‘ladi. Mana shu ma’lumotlar asosida dastur keyinchalik foydalanuvchi dastxatini o‘rgana boshlaydi.

Hozirgi kunga kelib, Lernstift faqat ikki til — ingliz va nemis tillari bilan ishlaydi. «Iloji boricha, biz rus, ispan, fransuz, italyan va boshqa tillarni qo‘shib boramiz», — deb ta’kidlaydi loyihachilar. Bundan tashqari, kelajakda Lernstift ruchkasini faqat orfografiyani emas, balki grammatikani ham (gaplarda tinish belgilari) tekshirishga o‘rgatish rejalashtirilmoqda.

Lernstift ruchkasidan 5 yoshdan katta bolalar va istagan yoshdagi kattalar foydalanishlari mumkin bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ruchka perolarini almashtirish mumkin. Ruchkalarni havorang va pushti ranglarda — o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Dasturlashtirish ochiq interfeysi esa (API) boshqa loyihachilar tomonidan Lernstift uchun turli ilovalar yaratishlariga imkon beradi. Lernstift qurilmasini kompyuterga, smartfonga yoki planshetga ulash va uning yordamida yozilgan matnlarni saqlab qolish mumkin. Mana shu tarzda yozmalarni, fikrlarni saqlab qo‘yish yoki misol uchun, ota-onalar o‘z farzandlarining o‘zlashtirishini tekshirishlari mumkin. Fikrlar bilan Facebook va Twitter o‘rtoqlashish mumkin. Manba: www.lernstift.com

Aqlli buyumlar sharhini yakunlar ekanmiz, hatto eng aqlli buyumlar ham o‘z aql, idrokingiz o‘rnini bosa olmasligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq