7 yil yorqin tarafda: O‘zbekistonda “Bilayn”ning tug‘ilgan kuni

beeline_12_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) brendining O‘zbekistonda ishga tushirilganligining navbatdagi ayyomini nishonlaydi. Bugun, 7 yildan so‘ng, “Bilayn” respublika telekommunikatsion sektorining yetakchisiga aylandi. Unitel MCHJ “VimpelKom” kompaniyalar guruhi tarkibiga kirganidan so‘ng faol abonentlar bazasi qariyb 25 marotaba o‘sib, 2013 yil II choragining yakunlariga ko‘ra 10 200 000 kishidan oshdi.

“O‘zbekiston bozorida amalga oshirilgan 7 yillik faoliyat davomida kapital xarajatlarimiz qariyb milliard dollarni tashkil qildi, – voqeani sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Biz tarmoqni modrenizatsiyalash va qurishga investitsiyalarni kiritishda davom etmoqdamiz va bu bilan mijozlarimiz uchun muhim bo‘lgan “Bilayn” xizmatlari sifatini o‘sishini ta’minlamoqdamiz. Kompaniyaning joriy va kelasi yil uchun ustuvorliklari amal qilayotgan uskuna sig‘imini oshirish va qamrov zonasini kengaytirishdan iborat. Ishonaman-ki ushbu sa’y-harakatlar bizga LTE standartiga o‘tish bilan tarmoqni texnologik rivojlantirish yo‘lidagi keyingi qadamni qo‘yish imkonini beradi”.

“Bilayn” 2008 yilda O‘zbekistondagi birinchi 3G-operatorga aylandi va EDGE (2,5G), UMTS (3G), HSDPA (3,5G), HSPA+ (3,75G) dan boshlab ADSL hamda FTTB (100 Mbit/s gacha bo‘lgan qo‘zg‘almas KPU) gacha bo‘lgan texnolgiyalarning eng keng spektrlari bo‘yicha xizmatlarini taqdim qilgan holda ilgaridagidek milliy internet-provayding bozorida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. Bugungi kunda 3G “Bilayn” tarmog‘i 139 aholi punktlarini qamrab olgan va mamlakatning 52% aholisi uchun amal qiladi. Mamlakat aloqa operatorlari uchun rekord darajada hisoblangan xalqaro internet-kanalning sig‘imi esa 1,8 Gbit/s gacha oshirildi.

Biznesning o‘sishi, xizmatlar narxini pasaytirish, yangi takliflarni chiqarish va servis xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini joriy qilish bir vaqtning o‘zida ikkita yirik yo‘nalishning shakllanishi hamda alohida brendlarga ajralishiga olib keldi – yoshlar hamda va VIP-segmentlari. Bugun Beeline Club bonusli dasturi bilan uzviy bog‘langan Zo‘r-Zo‘r va STATUS brendlari millionlab abonentlarni birlashtiradi.

Ishbilarmon doiralarning vakillari bilan ishlash Beeline Businessning alohida yo‘nalishiga ajratildi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki, O‘zbekiston Havo Yo‘llari MAK, General Motors Uzbekistan QK, Nestle Uzbekistan QK MCHJ, O‘ztransgaz AK, Maxam-Chirchiq OAJ, Petronas Overseas MCHJ, LUKOYL, shuningdek qator vazirlik va idoralar kompaniyaning korporativ mijozlariga aylandilar. Buzton QK bilan birlashuv hisobiga B2B-sektori uchun bo‘lgan noyob konvergent yechimlarning milliy bozorda o‘xshashi uchramaydi.

Bozorning yetakchisi bo‘la turib, “Bilayn” doimo tanlagan qadriyatlarini avaylaydi: bu mijozlarni, xodimlarni va hamkorlarni hurmat qilish va ularga ishonish, ochiqlik, haqgo‘ylik, samaradorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash. Kompaniya faoliyati bir necha bor yuqori darajadagi sovrinlarga sazovor bo‘lgan: jumladan, Uzbekistan Brand Award 2012 respublika tanlovi natijalariga ko‘ra, “Bilayn” O‘zbekiston bozoridagi eng yaxshi xalqaro brend, deb e’lon qilingan, shuningdek bosh nominatsiya – “Yilning xalq brendi”da g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari SuperJob xalqaro rekruting portali kompaniyani Mamlakat telekom sohasining eng yaxshi ish beruvchisi, deb tan olgan.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, “Bilayn” O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilaridan biri hisoblanadi: 2006 dan 2012 yilga qadar 537 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lovlari to‘langan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system