Milliy UZ domeni Internet-festivalida ishtirok etish uchun arizalar qabuli yakunlanmoqda

if_10_09_2013

12-sentabr kuni Milliy UZ 2013 domeni Internet-festivalida ishtirok etish uchun arizalar qabuli yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, festival tanlovida festival o‘tkazilishi davrida amal qilib turgan va UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan saytlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishga taqdim etish hakamlar hay’ati a’zolari, sayt egalari, har bir xohlagan kishi tomonidan festivalning rasmiy sayti — www.if.uz saytida taqdim etilgan ro‘yxatga olish shakli asosida amalga oshiriladi. Bir ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan saytlar soni cheklanmagan.

Sayt faqat bir mavzuli nominatsiyada qayd etilishi mumkin.

Agar sayt maxsus nominatsiyaga mos kelsa, unda bir vaqtning o‘zida ham mavzuli, ham maxsus nominatsiyada ishtirok etishi mumkin.

Orphus system