Do It xizmati bilan 2013 yil oxiriga qadar сheklanmagan tungi Internet

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Do It cheklanmagan tungi Internet xizmatining amal qilish muddati 2013 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilganligini e’lon qiladi. Kuniga atigi $3 evaziga kompaniya abonentlari soat 01:00 dan 09:00 ga qadar cheklanmagan mobil Internetdan foydalanishlari mumkin.

“Abonentlarimiz orasida cheklanmagan takliflarga bo‘lgan talab shu qadar yuqori-ki, oqibatda Do It xizmatining amal qilish muddatini yil oxiriga qadar uzaytirishga qaror qildik, – deydi Unitelning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Ushbu servis internet-foydalanuvchilar orasida ommalashib bo‘lgan, buning ustiga xizmat uchun to‘lov faqatgina fakt bo‘yicha amalga oshiriladi”.

beeline_11_09_2013

Xizmat Status va Zo‘r-Zo‘r MegaBit qatoriga kiruvchi tariflrdan tashqari oldindan to‘lov tizimidagi barcha abonentlar uchun amal qiladi. Do It xizmatiga ulanish uchun *100500# bepul kodni terishning o‘zi kifoya.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system