12 sentabr kuni “Fleshka” texnomarkazida “Bilayn”ning yangi saloni ochiladi

beelineof_11_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushirilganligini e’lon qiladi. 12 sentabr kuni “Fleshka” texnomarkazida “Bilayn”ning navbatdagi o‘z ofisining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

“Bilayn” savdo tarmog‘ini ikkita yo‘nalishda rivojlantirishda davom etmoqdamiz: dilerlar bilan hamkorlikda va front-ofilarni ochish yo‘nalishida, – deydi Unitelning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh. – Kompaniya ham servis sifatining o‘sishda davom etishiga, ham ilg‘or texnologiyalarni ilgari surishga yo‘nalgan, shunday ekan, yangi salonning joylashgan maskani bejiz tanlangani yo‘q. Ishonman-ki, “Fleshka” texnomarkazidagi tashrifchilarga ushbu ofis nafaqat xarid qilingan devayslarni, balki abonentlarga xizmat ko‘rsatish darajamizni ham tez va to‘liq baholash imkonini beradi”.

Yangi salonni ishga tushirish 12 sentabr soat 10:00 ga rejalashtirilgan. Ochilish dasturida barcha istovchilar uchun oltin raqamlar, Beeline Club imtiyozli kartalari hamda qimmatbaho sovg‘alarni o‘ynalishi ko‘zda tutilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system