Toshkent shahrida Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempionati turniri ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va o‘tkazish sanasi!

ucg_30_07_2013

Toshkent shahrida e-sport bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston Chempionati mintaqaviy saralash turniri ishtirokchilarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Ishtirokchilar quyidagi: FIFA13 o‘yini bo‘yicha «Sharq Space» klubida, DotA va CS 1.6 o‘yinlari bo‘yicha «Chekhov» klubida ro‘yxatga olinmoqda. Shahardan tashqaridagilar editor@infocom.uz elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Chempionatda ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish bepul.

ucg_30_07_2013_1

Chempionat rasmiy o‘yinlari:
• FIFA 2013
• Dota All Stars 5х5 jamoali o‘yin
• Counter Strike 1.6 (yosh ko‘rsatchiklarida cheklov: 16 yoshdan boshlab) jamoali o‘yin

Turnirni o‘tkazish joyi va sanalari:
• 15-sentabr FIFA2013 o‘yini bo‘yicha saralash turniri Poytaxt savdo-ko‘ngilochish markazidagi «Sharq Space» ko‘ngilochish markazida o‘tkaziladi, 3-qavat, 3-4 blok. Mo‘ljal: O‘zbekiston Rus Drama Akademik Teatri «AmirTemurHiyoboni» metro stantsiyasi. Ro‘yxatga olish 2013-yil 14-sentabrgacha.
• 21-22 sentabr kunlari DotA o‘yini bo‘yicha saralash turniri Toshkent shahri, Chexov ko‘chasi 7 manzilidagi «Chexov 7» klubida soat 9-00da o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish 2013-yil 19-sentabrgacha.
• 27-sentabr kuni Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha saralash turniri faqat Toshkent shahrida (O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi geymerlar uchun) soat 9-00da o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish va o‘tkazish joyi Toshkent shahri, Chexov ko‘chasi 7 manzilidagi «Chexov 7» klubi. Ro‘yxatga olish 2013-yil 25-sentabrgacha.

Izоh: Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish zarur. O‘z shaxsiy ma’lumotlari: Familiyasi, Ismi, o‘yon (jamoasining nomi) ni ma’lum qilish. Jamoa sardori jamoaning barcha a’zolarini familiyasi, ismini ko‘rsatib, ro‘yxatdan ‘tkazishi mumkin. Chempionatda ishtirok etish BEPUL!

editor@infocom.uz elektron pochtasi orqali ro‘yxatga olinadi.

Milliy final
27-sentabr kuni FIFA2013 o‘yini bo‘yicha Chempionat Milliy finali ICT Expo 2013 ko‘rgazmasida soat 10-00 dan 18-00 gacha o‘tkaziladi.

28-sentabr kuni DotA o‘yini bo‘yicha Chempionat Milliy finali Toshkent shahri, Chexov ko‘chasi 7 manzilidagi «Chexov 7» klubida o‘tkaziladi. Chempionat Milliy finalida 8 nafar final ishtirokchisi – har bir o‘yin bo‘yicha mintaqaviy saralash turniri g‘oliblari ishtirok etadilar.

Таqdirlash marosimi
Taqdirlash marosimi 28-sentabr kuni soat 17-00da Yoshlar Ijod Saroyi (Mustaqillik 2) da o‘tkaziladi.

Orphus system