“Bilayn”da “Uchinchi avlod-2013” amaliyot dasturining yakunlari sarhisob qilindi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Uchinchi avlod-2013” amaliyot dasturining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Unda turli xil oliy o‘quv yurtlarining III va IV kurslarining 17 ta bitiruvchilari ishtirok etdi.

beeline_5_09_2013

Stajyorlarning kompaniya rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida kechagi talabalar ikki oy davomida “Bilayn”dagi faoliyat haqida egallagan bilimlari va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular taqdimot shaklida chiqish qildilar.

“Yosh mutaxassilarga aylanshi jarayonini kuzatish – juda qiziqarli, – voqeani sharhlaydi Unitelning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish masalalari bo‘yichia direktori Yuliya Brusova. – Biz “Uchinchi avlod” dasturining beshinchi mavsumini yakunlamoqdamiz va bugun ushbu bolalarning ustozlari orasida 2009 yil stajerlari bor. Bu loyiha muvaffaqiyatli ekanlgining eng yaxshi isboti sanaladi va biz uni davom ettirish hamda kengaytirish niyatidamiz”.

Taqdimotlardan so‘ng ustozlar o‘z shogirdlariga tabrik so‘zlari va niyatlari bilan murojaat etdilar. “Uchinchi avlod-2013” dasturi yakunlari bo‘yicha 11 ta yosh mutaxassislar bilan amaliyot shartnomasi 1 yilga uzaytirildi, stajyorlardan biri esa “Bilayn”da shtat xodimi sifatida ish boshladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system