Buxoro «Elit.Uz» studiyasi Internet-festival ishtirokchilariga maxsus sovrin ta’sis etdi

elit_4_09_2013

«Elit.Uz» veb-dizayn studiyasi UZ 2013 milliy domeni Internet-festivali «Eng yaxshi korporativ sayt» nominatsiyasi ishtirokchilariga maxsus sovrin ta’sis etilganligi haqida ma’lum qiladi.

«Eng yaxshi korporativ sayt» nominatsiyasining barcha ishtirokchilari orasidan 3ta sayt tanlab olinadi va rag‘batlantiriluvchi sovrin sifatida «Kompleks audit» xizmati taqdim etiladi hamda bu haqda pochta orqali ma’lum qilinadi yoki taqdirlash marosimida taqdim etiladi.

elit_4_09_2013_1

Sharhlaydi, www.elit.uz studiyasi rahbari, Shavkat Muhamedov.

elit_4_09_2013_2

— Saytlar qanday baholanadi?
— Qandaydir mahsulot yoki xizmat ko‘rsatishda (eksportga yo‘naltirilganligiga ustunlik beriladi) ishlab chiqarish va amaliyot yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kompaniya saytlari tanlab olinadi. Bu bizning «UZ 2013 milliy domeni Internet-festivali» mavqeining oshishiga qo‘shgan kichik hissamizdir. Balki siz sovrinli o‘rinni egallamasangiz ham, sizning saytingiz «Kompleks audit» uchun tanlab olinishi mumkin. Auditimiz sizning kelgusigari rivojingiz yo‘lidagi xatoliklarni ko‘rsatib beradi, bu esa o‘z navbatida, kelajakda savdoingiz yanada oshishiga olib keladi.

— Nima uchun audit finalga chiqqanlar yoki g‘oliblarga taqdim etilmaydi?
— Festivalda baho berish mezonlari etib: yuzabiliti, dizayn, interaktivlik belgilangan, o‘z navbatida, aytish kerakki, ehtimol, g‘oliblarda xizmatimizga ehtiyoj yo‘qdir.

— «Kompleks audit» nima?
— «Saytning kompleks auditi» deb ataluvchi saytni tadqiq eish majmui mavjud bo‘lib, u saytning matnli, grafik va mazmunli to‘ldirilishini, semantik yadro kodida yashirin xatoliklarni aniqlash, saytning qidiruv tizimiga nisbatan o‘zaro munosabatining tahlili va ko‘plab boshqalarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan.

Bizning «Elit.Uz» kompaniyasi ko‘pdan buyon saytlar auditi, ularni optimallashtirish va ilgari surish sohasida faoliyat yuritadi. Bizning faoliyatimizdan mamnun bo‘lgan, qidiruv tizimi topigagi tayanch so‘rovlarga ega va Internet orqali o‘z bizneslarini muvaffaqiyat bilan yurituvchi, O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida ko‘plab mijozlarimiz mavjud.

Qo‘shimcha bonus! Festivalning qolgan barcha ishtirokchilariga «Elit.Uz» kompaniyasining istalgan xizmat turiga 20 % miqdorida chegirma taqdim etadi!

«Elit.Uz» — «East Line Information Technologies» tanlovning barcha ishtirokchilariga g‘olib chiqish va yaxshi kayfiyat tilaydi!

elit_4_09_2013_3

Qo‘shimcha qilib shuni aytish kerakki, www.elit.uz studiyasi sayti 2009-yilda internet-festivalda «Jamoatchilik ovozi natijalariga ko‘ra eng yaxshi sayt» nominatsiyasida uchinchi o‘rinni egallagandi.

Orphus system