Endilikda “Bilayn”ning Andijon va Buxorodagi ofislari yakshanba kunlari ham ishlaydi
03.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Andijon va Buxorodagi savdo hamda xizmat ko‘rsatish ofislari ish tartibiga yakshanba kunini ham kiritdi.

beeline_3_09_2013

“Biz doimo servisimiz darajasini oshirib borishga intilamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali (Buxoro va Navoiy viloyatlari) direktori G‘ulom Ortiqov. – Bizning Buxorodagi ofisimiz mijozlarga xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlariga javob beradi va yakshanba kunlari ham abonentlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandmiz”.

Eslatib o‘tamiz, ilgari xuddi shu kabi ish tartibiga “Bilayn”ning poytaxtdagi ofislari o‘tgan. Andijon va Buxorodagi xususiy ofislarning yangi jadvali doimiy amal qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq