Rustam Qosimjonovning shaxmat bo‘yicha multimediyali interaktiv: «Волшебный мир шахмат» — «Shaxmat sehrli olam» darsligi yaratildi

chess_2_09_2013

O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi va infoCOM.UZ nashriyoti tomonidan Rustam Qosimjonovning: «Shaxmat sehrli olam» shaxmat bo‘yicha multimediyali interaktiv darsligining o‘zbek va rus tillarida beta versiyasi yaratildi. Darslik muallifi – Rustam Qosimjonov, 17-jahon chempioni. Darslikning dasturiy qismini mamlakatimiz kompaniyasi – Cron Forge (forge.cron.uz) o‘yin ishlanmalarining yaratuvchilari tayyorladilar.

chess_2_09_2013_1

«Вoлшебный мир шaхмaт» — «Shaxmat sehrli olam» interaktiv darsligi Rustam Qosimjonovning shu nomdagi rus va o‘zbek tillarida 2008-yilda chop etilgan bosma versiyasi asosida yaratildi. Darslik 16 ming nusxada keng ommaviylashib, tezda qo‘lma-qo‘l bo‘lib, tarqalib ketdi. 2009-yilda O‘zbekistonimizning barcha umumiy ta’lim maktablari kutubxonalari bir nusxadan sovg‘a sifatida kitobga ega bo‘ldilar. Biroq kitob hatto shunchalik katta adadga ega bo‘lsada, shaxmat asoslarini bilishni istagan barcha kitobxonlar uchun yetarli emas. Aynan shu sababli «Вoлшебный мир шaхмaт» — «Shaxmat sehrli olam» multimediyali interaktiv darsligi yaratildi. Bu arzon, qulay va hammabopdir.

Loyiha tijorat uchun emas, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib yaratildi va ZiyoNET ta’lim tarmog‘i Resurs markazi maydoniga joylashtirildi.

Dasturning dasturiy qismi mamlakatimiz Cron Forge kompaniyasi va ZiyoNET ta’lim tarmog‘i Resurs markazi tomonidan amalga oshirildi hamda http://www.ziyonet.uz/uzc/games/ portalining «o‘yinlar» bo‘limiga mazkur kompaniya tomonidan tayyorlangan beminnat foydalanish uchun 12ta o‘yin joylashtirildi.

Bu barcha shaxmat ishqibozlari, ayniqsa, yosh ixlosmandlar uchun ajoyib sovg‘a. Darslik TAS-IX tarmog‘ida http://ziyonet.uz/ru/games/show/chess_book manzilida joylashtirilgan.

Darslikdan qanday foydalaniladi va u qanday tuzilgan?

chess_2_09_2013_2

Darslikdan foydalanish uchun uning yuklanishini kutish zarur va farzin rangi indikator zastavkasi sifatida xizmat qiladi va u asta qora rangga kiradi.

chess_2_09_2013_3

Yuklanishdan so‘ng o‘zbek va rus tillarida yoqimli musiqa jo‘rligida menyu paydo bo‘ladi. Barcha darslar nomi mahoratli suxandon tomonidan o‘qib eshittiriladi. Foydalanuvchi xohishiga ko‘ra ovoz va musiqa o‘chirib qo‘yilishi mumkin.

chess_2_09_2013_4

Menyuda darslik muallifining kirish so‘zi, shuningdek, «Muallif haqida»gi bo‘limlar mavjud.

chess_2_09_2013_5

Darslikda matnlar osondan murakkabga tomon bayon etilgan. Dastlabki ikki bo‘limda shaxmat taxtasining tuzilishi, unda sipohlarning joylashuvi va ularning yurishi hamda urishi haqida bayon etilgan. Har bir darsda foydalanuvchi o‘quv materialini va misollarni tasavvur etishi uchun animatsiyalangan misol mavjud.

18-darsda dastlab shox va mot, rokirovka, sipohlarning qiymati, «katakni bosib o‘tganda» olish, pot nima ekanligi, va shaxmat o‘yini san’atining boshqa boshlang‘ich asoslari haqida fikr yuritiladi.

Har bir dars o‘zlashtirilgan materialni mustahkamlash uchun interaktiv shaklda test topshiriqlari bilan yakunlanadi. Agar noto‘g‘ri javob berilsa, foydalanuvchi qizil belgini ko‘radi va «yaxshi o‘zlashtirilmagan» darsga qaytiladi, agar to‘g‘ri javob berilsa, yashil rangli belgi paydo bo‘ladi hamda avtomatik ravishda keyingi darsga o‘tiladi.

chess_2_09_2013_6

19-darsdan boshlab amaliy dars mavzulari bayon etila boshlanadi. Avvalo — endshpil haqida, to‘rtta o‘yin turli sipohlar: rux, fapzin, bir necha sipoh va ikki fil (aytgandek, hatto «katta yoshdagi» o‘yinchilar uchun ancha murakkab variantlarda) bilan mot qo‘yishga bag‘ishlangan.

chess_2_09_2013_7

25-dars eng yoqimli: shaxmat partiyasini qanday boshlash kerakligiga bag‘ishlanadi. Unda barchamizga ma’lum bo‘lgan, biroq turli vazifalarimiz bilan unuta boshlagan shunday oddiygina maslahatlar bayon etilgan. Sipohlarning tezkor rivojlanishi, maydon markazini egallash, piyodalarning to‘g‘ri joylashtirilishi haqida fikrlar mavjud.

chess_2_09_2013_8

26-darsda debyutda uchraydigan odatiy xatolar bilan partiyalardan misollar keltirilgan. Keyingi darslarda startda raqibdan ko‘ra yomonroq vaziyatga tushib qolmaslik uchun debyutni tashkil eti-lishi batafsil ko‘rib chiqilgan.

Keyingi sahifalarda yanada jiddiyroq darslar, partiyalarning uch bosqichi ko‘rib chiqiladi, ulardan biri mahorat masalalaridan asosiysi: endshpil yakunlanganidan so‘ng nima qilish kerakligiga bag‘ishlanadi? Vaziyatni qanday baholash kerak? Raqibning nozik tomonlari va o‘zingizning kuchli tomonlaringizni qanday aniqlash hamda undan qanday foydalanish mumkin? Rivojlantirishdagi ustunlikdan qanday foydalanish mumkin — bunday bilimlarga katta ahamiyat qaratiladi. Albatta, maslahatlardan tashqari, o‘z partiyangizning muvaffaqiyat va kamchiliklarini tahlil etib, ko‘p bor o‘ynab, mashq qilish zarur.

chess_2_09_2013_9

37-darsda xarakterli vaziyatlarni tahlil etuvchi o‘quv partiyalari bayon etilgan. 38-darsda O‘zbekistonning taniqli shaxmatchilarining eng yaxshi partiyalari bilan tanishish mumkin.

Hozirgi davrda testdan o‘tkazish uchun darslikning «beta» versiyasi joylashtirilgan, ishlab chiqaruvchilar darslikni takomillashtirish ustida ishlashni davom ettirmoqdalar. http://uforum.uz/showthread.php?p=931964#post931964 forum maydonidagi jurnalimiz bo‘limida maxsus mavzu yaratilgan. Agar darslikdan xato, kamchiliklar topsangiz, yozing — juda minnatdor bo‘lamiz.

chess_2_09_2013_10

Mazkur buyuk va qadimgi o‘yinni barcha o‘rganishni xohlaganlar uchun 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovning tajribasi, bilimini tarmoq orqali olish imkoniyati berilganligi bizning omadimiz, o‘ynashni biladiganlar esa malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladilar. Darslikni yaratgan chempionimiz va tarmoq versiyasining ishlanmasini yaratganlarga barcha shaxmat ishqibozlari nomidan katta rahmat!

Orphus system