Aleksey Bulax – “Bilayn” yuridik xizmatining yangi rahbari

beeline_2_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Aleksey Bulax yuridik xizmati rahbari etib tayinlanganligini e’lon qiladi.

“Kompaniya takliflarini yuridik tahlil qilish, zamon talablariga javob beruvchi korporativ siyosat va jarayonlarni yangilash hamda tayorlash – bular faqatgina Alekseyning yangi amalida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalarining oz qismi, – tayinlovni sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Natijada bularning barchasi “Bilayn”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda servis darajasining o‘sishiga xizmat qiladi”.

“Yuridik jamoaning oliy malakasi va maksimal samaradorligi – istalgan kompaniyaning muvaffaqiyatli va uzoq muddatli rivojlanishining garovi. Hujjatlarni tahlil qilish va “Bilayn”ning joriy loyihalarida ishtirok etishdan tashqari, abonentlarning so‘rovlariga javob qaytarish tizimini takomillashtirishga ham jiddiy e’tibor qaratishni rejalashtirganman, bu qayta aloqani tezkorlik darajasini oshirish imkonini beradi”, – qayd qildi Aleksey Bulax.

Aleksey Bulax 1979 yilda Primorye o‘lkasining Bolshoy Kamen shahrida (Rosiiya) tug‘ilgan. 2001 yilda Uzoq Sharq davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. O‘qishni tugatganidan so‘ng bir yil davomida Tinch okeani davlat teleradioeshittirish kompaniyasida huquqshunos bo‘lib ishlagan.

2002 dan 2006 yilga qadar Aleksey yuridik faoliyatni “RK Vostok-1” YOAJda davom ettirgan. 2006 yilda “Upravlyayushaya kompaniya PIK i Ko” MCHJga ishga o‘tgan.

2008 yil dekabrdan – “Novaya telefonnaya kompaniya” (Vladivostok shahri) yuridik bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari. NTK “VimpelKom” OAJga qo‘shilganidan so‘ng, Aleksey “Bilayn”ning Primorye filialining yuridik qo‘llab-quvvatlash guruhiga boshliq bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtlarida fotosurat hamda sportning faol turlari bilan shug‘ullanadi. Uylangan, bitta o‘g‘li bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system