Beeline Uzbekistan Odnoklassniki.ru global brendlar reytingining TOP-3 ligiga kirdi
30.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) www.odnoklassniki.ru global brendlar reytingida uchinchi qatorni egalladi. Bugungi kunda ushbu ijtimoiy tarmoqdagi Beeline Uzbekistan rasmiy sahifasining obunachilarining soni qariyb 520 000 kishini tashkil qiladi.

“Ijtimoiy tarmoqlar kompaniyamiz uchun nafaqat abonentlarga xizmat ko‘rsatish kanallaridan biri sifatida, balki birinchi manbadan – bevosita “Bilayn” xizmatidan foydalanuvchilardan — olingan zarur axborot manbai sifatidan ham muhim o‘rin tutadi, – qayd qildi Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Va, o‘z-o‘zidan, bu birinchi navbatda O‘zbekistonda eng ommaviy hisoblangan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga taalluqli bo‘lib, u yerda brendimiz yarim milliondan ortiq odamlarni birlashtiradi”.

Global www.odnoklassniki.ru reytingiga binoan, Beeline Uzbekistan yetakchi brenlarning uchtaligida mustahkam o‘rnashgan bo‘lib, ommaviylashuv bo‘yicha faqatgina M&M’s va Rossiya Jamg‘arma bankiga yo‘l beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda Beeline Uzbekistan www.facebook.com statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portal ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda 1 raqamli Facebook-brend deb tan olingan. 2012 yil yakunlari bo‘yicha esa Beeline Uzbekistan www.odnoklassniki.ru tarmog‘ining TOP-10 taligida Rossiyadan bo‘lmagan yagona hamjamiyatga aylangan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq