«O‘zbektelekom» AK yana 11ta «Yagona oyna» savdo ofislarini ishga tushirdi

uztel_29_08_2013

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yillik qutlug‘ sanasini nishonlash arafasida, 2013-yil 29-avgust kuni «O‘zbektelekom» AK butun mamlakat bo‘ylab «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha ishlovchi yana 11ta yangi savdo ofislarini ochadi.

uztel_29_08_2013_1

29-avgust kuni Toshkent shahri Qorasuv-2 mavzesida 265-ATS binosida yana 11ta: Toshkent shahrida hamda Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida – yangi savdo ofislarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

uztel_29_08_2013_2

uztel_29_08_2013_3

«Yagona oyna» yordamida har qanday abonent: telefoniya, ajratilgan liniya bo‘yicha Internet, simsiz telefoniya va CDMA-450 standarti mobil Internet, videotelefoniya xizmatlari va hatto raqamli televideniye: IPTV, Stars TV, «Uz Digital TV» MCHJ xizmatlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. – deb sharhlaydi, «O‘zbektelekom» AK savdo departamenti bosh mutaxassisi Alisher Zufarov, – agar ilgari kompaniya abonentlariga qayd etilgan telefoniya, internet-ulanish, mobil aloqa va boshqa xizmatlar olish uchun «O‘zbektelekom» AK filiallariga alohida murojaat etishlari kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi yangi savdo nuqtasiga kirishlari hamda bir joyda barcha xizmat turlari, shu jumladan, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini olishlari mumkin.

uztel_29_08_2013_4

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-aprel №PP-1615 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayorgarlik va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2011-yilgacha butun mamlakat bo‘ylab «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha birinchi 50ta savdo punktlarini jihozlashni amalga oshirgan.

uztel_29_08_2013_5

2012-yilda «O‘zbektelekom» AK butun mamlakat bo‘ylab «yagona oyna» 94ta sotuvlar ofislarini foydalanishga topshirdi.

Joriy yilda yana 19ta shinam va qulay ofislar foydalanishga topshiriladi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz tuman markazlari va qishloq joylarida savdo ofislarini tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Hozirga kelib, «O‘zbektelekom» AK umumiy hisobda 144ta «Yagona oyna» ofislari xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Orphus system