“Bilayn” haqiqiy SMS Unlimni ishga tushiradi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) faol SMS-foydalanuvchilari uchun yangi SMS Unlim xizmatini taqdim etadi. Endilikda kompaniya abonentlari sutkasiga atigi $0,25 evaziga SMS orqali tarmoq ichida bemalol muloqot qilishlari mumkin.

beeline_29_08_2013

“Mohiyatan yangi servisning o‘xshashi topilmaydi, unda to‘xtovsiz SMS yuborish imkoni bor, – deydi Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bunisi ham muhim: SMS Unlimga ulanar ekan, abonent faqatgina tarmoq ichida SMS bilan foydalangan kunlariga to‘laydi”.

Xizmatga ulanish uchun *110*747# bepul kodni terish lozim. Batfsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system