“Bilayn” abonentlarga internet-paketlarni sovg‘a qiladi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) sovg‘alar mavsumini davom ettiradi. 28 avgustdan kompaniya abonentlari istalgan internet-paketga ulanganida, unga soat 01:00 dan 09:00 gacha ishlatish uchun ushbu paket miqdorining 100% sovg‘a qilinadi.

beelinen_29_08_2013

“Har bir foydalanuvchi istalgan holatda ham shu pullarga ikki barobar ko‘p internet olishini bila turib, qaysi paketni olishga qaror qilishga o‘zi haqli, – voqeani sharhlaydi Unitel tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Yaqinda biz “Bilayn” tashqi internet-kanalini yana 50% kengaytirdik, shunday ekan, barcha istovchilar xizmatlarimizning arzonligini munosib baholay oladilar”.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system