Red Jolbors Fest ishlar qabul qilishni 7 sentabrga qadar uzaytirdi
28.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

rjf_28_08_2013

“Sky Mobile” kompaniyasi (Qirg‘izistonda Beeline savdo belgisi) Red Jolbors Fest birinchi Markaziy Osiyo davlatlari marketing va reklama festivaliga ishlarni qabul qilishni bir haftaga – 2013 yil 7 sentabrga qadar uzaytirilganligi haqida xabar beradi.

Festivalning www.jolbors.com saytida tanlovda ishtirok etish uchun arizani berish va qo‘shimcha axborot olish mumkin. Tanlov ishlarini topshirish masalalari bo‘yicha maslahat olish uchun festival hamkori AdAsia ga welcome@worldofad.asia manzili bo‘yicha murojaat etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Red Jolbors Fest 4-5 oktabr kunlari v Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Ozarbayjondan bo‘lgan marketologlar, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadilar. Beeline Xalqaro uyali aloqa operatori tadbirning rasmiy hamkori bo‘ldi.

Festivalning xalqaro jyuri a’zolari qatoriga kirganlar: Farhod Kuchkarov, Tomatdesign (Rossiya); Kseniya Lukicheva (AdMe.ru); Vasiliy Lebedev, Red Keds (Rossiya); Aleksey Meshkov, Instinct (Rossiya); Ilya Timofeev, GOOD (Qozog‘iston); Sergey Andriyashkin, AGT kommunikatsiya agentligi (Rossiya); Kristoff Musse, McCann Almaty; Atilla Yerlikaya, Coca-Cola Icecek (Turkiya). Jyuriga Rossiyaning “Vosxod” agentligining art-direktori Vladislav Derevyannix boshchilik qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq