Ucell IX “Sharq taronalari” xalqaro musiqiy festivali ishtirokchilari va mehmonlariga o‘z salomlarini yo‘llaydi
27.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ucell_27_08_2013

Ucell mobil operatori joriy yilda “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqiy festivalining aloqa hamkoriga aylandi. San’at va musiqa bayrami dunyoning barcha qit’alarini o‘ziga jalb qiluvchi yirik musiqa anjumani hisoblanadi. U turli mamlakatlar xalqlari ma’naviy dunyosini aks ettiradi, insonlarni tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikka chorlaydi.

Yildan yilga festival ko‘lami kengaymoqda va ishtirokchilar soni ortib bormoqda. 1997 yil o‘tkazilgan dastlabki festivalda 31 mamlakat vakili ishtirok etgan bo‘lsa, bu yilgi festivalda dunyoning 60ta davlatidan san’atkorlarning tashrifi kutilmoqda. Samarqand 300dan ortiq mehmonlarni kutib oldi, tadbirni 30ta xorijlik jurnalist va yurtimiz OAVlarining 200ga yaqin vakillari yoritib borishadi.

ucell_27_08_2013_1

“Sharq taronalari” – butun dunyo musiqachilarining do‘stligi, birdamligi va hamjihatligi bayramiga aylangan festival. Biz, shubhasiz, Ucell ushbu yirik musiqiy anjumanning bir bo‘lagiga aylanganidan mamnunmiz. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, tadbir mehmonlari va ishtirokchilari uchun joylarda, Ucell mobil dilerlari faoliyat yuritib, kompaniya xizmatlari to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar olishda ko‘maklashadilar”, — deya Ucell kompaniyasining festivaldagi ishtirokini sharhlaydi korporativ aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Umida Ziyamova.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yilligi arafasida o‘tayotgan IX “Sharq taronalari” xalqaro musiqiy festivalida barcha xalqaro mehmonlar uchun o‘zbek xalqining madaniy-ma’naviy boyligi keng ko‘lamda namoyish qilinadi, zamonaviy jamiyatda an’anaviy san’at roli va o‘rni to‘g‘risida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq