Aleksandr Vorobyov “Bilayn”ning Moliya masalalari bo‘yicha direktori etib tayinlandi
27.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_27_08_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Aleksandr Vorobyov moliya masalalari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlanganligini e’lon qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Investitsiyalarning uzluksiz o‘sib borishi, tarmoq va aloqa kanallarining kegayishi sharoitida moliya direksiyasining o‘rni o‘sadi. Aynan strategik rejalashtirish va xarajatlarni maqubllashtirish “Bilayn”ning O‘zbekistondagi biznesining rivojlanib borishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu o‘rinda Aleksandrga uning Rossiya va Markaziy Osiyo telekom bozorlarida orttirgan boy tajribasi aniq qo‘l keladi”.

“Unitel kabi yirik kompaniyaning moliyaviy funksiyalarini boshqarish – nafaqat katta kasbiy faxr, balki eng jiddiy mas’uliyat hamdir, chunki “Bilayn” O‘zbekistonda sohaning yetakchisi sanaladi, — dedi Aleksandr Vorobyov. – Shu bilan birga bu shiddatli sur’atlarda tarmoq qurish hamda uni modernizatsiya qilish ishlarini olib borayotgan, dinamik rivojlanayotgan operator. Bu budjetlashtirish va uskunalarni sotib olish jarayoniga tezkor hamda chuqur o‘ylangan yondashuvni talab qiladi. Ishonaman-ki, kompaniyada shakllangan jamoa bilan zo‘r taassurot qoldiradigan natijalarga erisha olamiz”.

Aleksandr Vorobyov 1977 yilda Nijniy Novgorodda tavallud topgan. 2002 yilda Nijegorod davlat arxitektura-qurilish universitetini tamomlagan. 2001 dan 2005 yilga qadar savdo sohasidagi korxonalarda rahbarlik lavozimlarini egallaganligi sababli moliya sohasida har tomonlama mehnat tajribasini orttirgan: budjet jarayonini tashkillashtirish, marketingli aksiyalarni baholash, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, boshqaruvli hisobga olish tizimini takomillashtirish va shu kabi. Parallel tarzda shaxsiy biznesi bilan shug‘ullangan va o‘z kompaniyasini muvaffaqiyatli rivojlantirgan.

2005 yil dekabrda Aleksandr “Mobilniye telesistemi” OAJga ishga o‘tgan va 6 yil davomida “Povoljye Severo-Zapad” makrohududning rejalashtirish-tahlil bo‘limining mutaxassisidan to BCTI (Turkmaniston) korporatsiyasining kontrolling departamenti direktori lavozimlarini egallagan.

2011 noyabrdan Aleksandr Vorobyov “VimpelKom” tizimida “Takom” MCHJ (Tojikistonda “Bilayn” SB) moliya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelgan. 2013 yil 16 avgustda “Unitel” MCHJ moliya masalalari bo‘yicha direktori etib tayinlangan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq