Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi hodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi 2013 yil 23 avgustdagi Farmoniga ko‘ra bir qator aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi hodimlari mamlakat rivojlanishi yo‘lidagi xissalari uchun mukofotlandilar.

Farmonga muvofiq, “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasining telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazi boshlig‘i Yakubov Baxodir Raxmatullayevichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni berildi.

Samarali mehnati va erishayotgan yutuqlari bilan mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash hamda iqtisodiy qudratini oshirishga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi, mehnatsevarligi, vatanparvarligi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan umumxalq izzat-hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun quyidagi soha hodimlari «Shuhrat» medali bilan mukofotlandilar:

Muratova Zamira Atoyevna — “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shayxontohur tumanlararo pochta aloqa tarmog‘ining pochtaloni, Toshkent shahri;

Jorabayev Abdusattar Gafurjanovich — Sirdaryo tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasining elektr montyori, Sirdaryo viloyati;

Jumabayeva Gulistan Bazarimbetovna — Nukus tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasining stansiya operatori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Chorshanbiyev Ziyadulla Bozarovich — Qamashi tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati.

Manba

Orphus system