Yuliya Brusova “Bilayn”ning O‘zbekistondagi HR-yo‘nalishini boshqaradi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Yuliya Brusova xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish masalalari direktori lavozimiga tayinlanganligi e’lon qiladi.

“Bugun xizmat va servis darajasini yanada oshirish kompaniyaning asosiy ustuvor vazifasi sanaladi, ushbu maqsadga erishining garovi – to‘g‘ri joylardagi to‘g‘ri odamlar, – tayinlovni sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Ushbu masalada ham malakali kadrlarni tanlash, ham mavjud xodimlar bilan ishlash borasida HRga o‘ta yuqori mas’uliyat yuklangan. Ishonaman-ki. Yuliyaning turli yo‘nalishlardagi tajribasi, uning professional va shaxsiy sifatlari qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalashiga yordam beradi”.

beeline_23_08_2013

“Bilayn”ning O‘zbekistondagi jamoasiga a’zo bo‘lganimdan xursandman. Respublika telekom-sohasi hamda mehnat bozorining dinamik rivojlanishi HR-mutaxassislar faoliyati uchun keng istiqbollarni ochmoqda, deb hisoblayman. Ishonaman-ki, samarali HR-strategiyani ishlab chiqish, shuningdek xodimlar hamda nomzodlar bilan birgalikdagi maqsadli faoliyat kompaniya yetakchiligini mustahkamlashga xizmat qiladi”, – dedi Yuliya Brusova.

Yuliya Brusova 1978 yilda Ufada tavallud topgan. 2001 yilda Ufa davlat aviatsion-texnika universitetini “Muhandis-tizimli tahlilchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Turli yillarda xodimlarni boshqarish, kadrlarga oid ish yuritish, situatsion rahbarlik va menejmentning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro treninglarda ishtirok etgan.

Yuliya o‘z mehnat faoliyatini 1999 yilda “Personal” kadrlar agentligida xodimlarni tanlash bo‘yicha maslahatchi lavozimidan boshlagan. Tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha faoliyatdan tashqari u savdo sohasida ham tajriba orttirgan.

2004 yil iyun oyidan Yuliya Moskvadagi telekom-sohasi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan yirik CBOSS kompaniyasida xodimlarni tanlash va moslashtirish bo‘yicha menejer lavozimida ishlagan. 2006 yil dekabrda Effortel telekommunikatsion xoldingga ishga o‘tgan. U yerda uning bevosita xodimlar bilan ishlash yo‘nalishi rahbari sifatidagi ishtirokida ikkita startap-loyiha: xoldingning boshqaruvchi kompaniyasi (qo‘zg‘almas aloqa operatori) va sho‘’ba korxonasi (aloqa operatori uchun interaktiv xizmatlarni ishlab chiquvchi) amalga oshirilgan.

2010 yil martdan 2013 yil iyunga qadar Auriga dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyasida (Amerika) Xodimlar masalalari bo‘yicha direktor lavozimini egallagan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system