“Bilayn” roumingi Yer yuzining 95% quruqlik qismida amal qiladi
22.08.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro ovozli rouming xizmatlari dunyoning 178 ta mamlakatidagi 453 ta operator tarmog‘ida amal qilishi haqida xabar beradi.

beeline_22_08_2013

“Hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish ustida muntazam ravishda ish olib borilmoqda, – qayd qildi Unitel texnik direktori Denis Kotlyarenko. – “Bilayn” abonentlariga dunyoning istalgan nuqtasida rouming xizmatlari taqdim etilishi uchun intilamiz va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishganmiz. Hozirda kompaniya servislari yer yuzining 95% quruqlik qismida amal qiladi, shunday ekan, mijozlarimiz doimo aloqada qolishlariga ishonishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn’ 2010 yilda rouming-hamkorlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘ringa chiqqan. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (127 ta mamlakatda 285 ta operator), 3G-rouming (113 ta mamlakatda 217 ta operator) va CAMEL-rouming (dunyoning 87 ta mamlakatida 179 ta operator) segmentlarida yetakchilik qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq