“Bilayn” mini-narxlarda Internetni taklif qiladi
21.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) mobil Internet foydalanuvchilari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi. Endilikda kompaniya abnentlari uchun 5, 10 va 20 Megabaytli mini-paketlar amal qilmoqda.

beeline_21_08_2013

“Endilikda mini-narxlarda chat va ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlar bilan muloqot qilish, musiqa yuklab olish va vido tomosha qilish mumkin, – voqeani sharhlaydi Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Tarmoqda bo‘lish uchun uch kun muddatga zarur hajmda trafikni tanlash va tegishli mini-paketni xarid qilishning o‘zi kifoya”.

Mini-paketlarni quyidagi USSD-kodlar yordamida xarid qilish mumkin:
• $0,15 evaziga 5 Mb mini-paket – *110*0*10#
• $0,25 evaziga 10 Mb mini-paket – *110*0*11#
• $0,40 evaziga 20 Mb mini-paket – *110*0*12#

Balansdagi tarfik qoldig‘ini *103# kodi yordamida tekshirish mumkin. Mini-paketlarni 2013 yil 16 sentabrga qadar xarid qilish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq