Bilayn — V Zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi xalqaro tanlovini xomiylari orasida

17-19 avgust kunlari poytaxtimizdagi City Makon madaniy-ma’rifiy ko‘ngilochar majmuasida Gulnora Karimovaning mualiflik loyihasi — V Zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Tashkilotchilar: Fond Forum, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Isroil madaniyat markazi ko‘magida. Bu safar 800 nafar mamlakatimiz vakili va qozog‘istonlik mehmonlar tanlovning turli yo‘nalishlarida ishtirok etdilar.

Bu yil tanlov an’anaviy shaklda o‘tkazildi. An’anaviy sport-bal raqslari, xalqlarga oid raqslar, street-dance (“ko‘cha” raqsi), modern dance (free style — erkin uslub), sport akrobatikasi va badiiy gimnastika yo‘nalishlaridan tashqari tanlov doirasida rollerlar, skeyterlar, velosipedchilar va ilk marotaba parkurchi-atletlar ishtirokida Street Fest musobaqasi tashkil etildi. Saralash bosqichlari 17-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. 19-avgust kuni esa estradamiz yulduzlari, eng yaxshi chiqishlardan iborat gala-konsert hamda tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi xalqaro tanlovi yosh ishtirokchilarning xoreografik mahoratini rivojlantirish va ularning professional darajasini oshirishga qaratilgan. Tanlov yosh professional va xavaskor sportchilarga katta sahnada o‘z mahoratni namoyish etish imkonini beradi. Tanlov laureatlari Gulnora Karimova tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Beeline, Lukoil, Podium Italia, RedTag kompaniyalari loyiha homiylari qatoridan o‘rin olgan.

Bu yil O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 42 ta raqs jamoasi qatnashish uchun ariza topshirgandi. Ishtirokchilarning umumiy soni – 5 yoshdan 25 yoshgacha 800 kishidan ziyod. Postanovkachi xoreograf Tatyana Kruglova, O‘zbekiston xalq artisti, balet ustasi Nodira Hamroyeva va boshqalar hakamlar hay’atidan o‘rin olgan bo‘lib, ular chiqishning badiiy va xoreografik jihatlari, ijro texnikasi va plastikasi, hissiyotlilik, aktyorlik mahorati, musiqa, xoreografiya va liboslar uyg‘unligi kabilarga e’tibor qaratdilar.

Street Fest bo‘limining 200 ga yaqin raqqosi 5ta nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdi, bular: xip-xop yunior, xip-xop professional, dans xoll, popping va breykdansing. Ularning mahorati amerikalik mashhur raqqos va xoreograf Brayan «Tyger-B» Marshall, isroillik raqqos Oleg Davidovskiy, rossiyalik raqqos Viktor «Vitek» Kvyatkovskiy hamda xalqaro tanlovlar g‘olibi, ukrainalik Katya Xarchenko tomonidan baholanadi. Hakamlar hay’atining barcha a’zolari Tashkent Dance Camp raqs lageri doirasida mahorat darslari taqdim etdilar.

Roller, skeyterlar, velosipedchilar (50 kishidan ortiq) ham turli yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar. Rollerlar – slalom, slalom-tepaga sakrash va boshqalar. Skeyterlar — fristayl. Velosipedchilar — fristayl BMX (Bicycle Moto Extreme). Parkurchi-atletlar ham o‘ziga xos original dasturlarini namoyish etishdi. Tanlovning ushbu blokidagi ishtirokchilarning aksariyati poytaxtimizdagi ekobog‘ hududidagi maxsus maydonchada tayyorgarlik ishlarini olib bordilar.

Tanlov o‘zbek estrada yulduzlarining chiqishi, asosiy blok ishtirokchilarining namunali va tanlovga kiritilgan chiqishlari, xip-xop raqqoslarining bellashuvlari kabilardan iborat gala-konsert bilan nihoyalandi. Barcha bo‘limlar ishtirokchilari loyiha muallifi Gulnora Karimova tomonidan mukofotlar va diplomlar hamda maxsus grantlar bilan taqdirlandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system